AEROGELIOTERAPIYA

AEROGELIOTERAPIYA — havo va quyosh vannasidan davo maqsadida foydalanish. Bu muolaja badanning ochiq joylariga sof havo va quyoshning davoli taʼsirini koʻrsatishdan iborat. Aerogelioterapiyada teri orqali nafas olish va teridagi retseptorlar faoliyati kuchayadi, moddalar almashinuvi yaxshilanadi, organizmning himoya kuchlari ortadi (q. Havo va quyosh vannalari).

AʼZAMXOʻJAYEV Anvar Aʼzamovich

AʼZAMXOʻJAYEV Anvar Aʼzamovich (1928.17.2-Toshkent – 1994.19.6) — huquqshunos olim. Oʻzbekiston FA muxbir aʼzosi (1968). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1978). Yuri-dik fanlari d-ri (1964), prof. (1966). Toshkent yuridik in-tini tugatgan (1949). Shu in-tda katta oʻqituvchi, dotsent (1952—55). ToshDU prorektori vazifasini ijro etuvchi (1964—65), yuridik f-ti dekani (1971—85), Oʻzbekiston Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining boshqarma … Читать далее

ASHURALI MAHRAM

ASHURALI MAHRAM (1825, Margʻilon — 1863) — sozanda, xonanda, bastakor, mehtar, ipakdoʻz. Xushovozligi bilan Fargʻona vodiysida va Toshkentda mashhur boʻlgan. Dovrugʻi Qoʻqonga yetgach, Xudoyorxon uni oʻz saroyiga keltirgan va yaqin mahrami darajasiga koʻtargan. Saroy hayotidan nafratlangan Ashurali Mahram doʻstlar yordamida Toshkentga qochib, xalqqa xizmat qilishni davom ettirgan.

ASHKENAZILAR

ASHKENAZILAR — yahudiylarning etnik guruhi, oʻrta asrda Germaniyada yashagan yahudiylar avlodi. Yevropa va Amerika yahudiy aholisining katta qismini, Isroil yahudiylarining yarmiga yaqinini tashkil etadi. Idish tilida soʻzlashadi.

ACHCHIQMIYA

ACHCHIQMIYA (Gobelia pachycarpa) — burchoqdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻsimlik. Boʻyi 30 — 45 sm, qalin tuk bilan qoplangan. Barglari murakkab patsimon, uz. 10 — 18 sm. Gullari poyaning yuqorisida shingil boʻlib joylashgan. Dukkagining uz. 4,5 — 6 sm, eni 7 — 9 mm. Achchiqmiya apr. — mayda gullab, iyun— iyulda urugʻlaydi. Toshkent, Samarqand, Fargʻona … Читать далее

ATSETILXOLIN

ATSETILXOLIN (Acetylcholinum) — yuksak fiziologik taʼsirga ega biologik amin, xolinning atsetat efiri, rangsiz organik modda, mediatorlardan biri. Nervda va neyromuskullar sinapsida hosil boʻladi. Kimyoviy toza Asetilxolin asosan tuz holida uchraydi. Havoda turishi bilan namlanib suyuqlanadi. Suv, spirt va xloroformda yaxshi eriydi, efirda erimaydi. Umurtqali va koʻpchilik umurtkasiz hayvonlarning toʻqimalarida boʻladi. Nerv sistemasi faoliyatida katta oʻrin … Читать далее

AXTA

AXTA, ulgi — naqsh yoki rasmni qogʻozga chizib, chiziq yoʻllari igna bilan teshib tayyorlangan andaza; shuningdek andazadagi naqshni bezatiladigan buyum, sirtga oʻtkazish usuli. Xalq amaliy bezak sanʼatining kashtachilik, yogʻoch va ganch oʻymakorligi, naqqoshlik va b. turlarida keng qoʻllaniladi. Bezatiladigan yuzaga Axta qoʻyilib ustidan pista kumir kukuni surilsa, rasm asosga tushib qoladi. Axta simmetrik takrorlanuvchi taqsimpn … Читать далее

AXILL

AXILL, Axilles (Axilles) — yunon afsonalarida Troya urushi davrida Troyani kamal kalgan «Iliada» qahramonlari ichida eng botiri. Dengiz maʼbudasi Fetida oʻgʻli Axillni oʻlmaydigan qilish uchun tovonidan ushlab, Stiksning muqaddas suviga botirib olgan, shu tariqa Axillning suv tegmay qolgan tovoni zaif muchasi boʻlib qolgan. Parisning moʻljallab otgan oʻqi Axillning tovoniga tegib, uni halok qiladi. «Axilles tovoni», … Читать далее

AXAL VILOYATI

AXAL VILOYATI (sobiq Ashxobod vi-loyati) — Turkmaniston tarkibidagi viloyat. 1973-y. 27 dek. da tashkil etilgan. Mayd. 95,4 ming km2. Aholisi 875 ming kishidan ziyod (1997; Ashxobod sh. aholisisiz), asosan turkmanlar, shuningdek ruslar, oʻzbeklar, ukrainlar, balujlar va b. yashaydi. Shaharliklar 62%. A. v. da 9 tuman, 3 shahar va 13 shaharcha bor. Markazi — Ashxobod sh. … Читать далее