ABADIY QORLAR

ABADIY QORLAR — yil boʻyi erimay yotadigan muz va qor qoplami. Issiq va moʻtadil oʻlkalarda baland togʻ va yassi togʻ choʻqqilarida, qutbiy oʻlkalarda — tekisliklarda ham uchraydi. Yil davomida yogʻadigan qattiq atmosfera yogʻinining oʻsha joyning relyef va ikdim sharoitida erib yoki bugʻlanib ketadigan miqdoridan ortishi hisobiga yuzaga keladi. Abadiy qorlarning faqat eng yuqoridagi yuza qatlamigina … Читать далее

AHOLI XARAJATLARI

AHOLI XARAJATLARI — aholining tirikchilik oʻtkazish uchun qilgan pul sarflari; aholi pul daromadlarining ishlatilishi. Aholining pul daromadi uning ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Daromadlar isteʼmol tovarlari va xizmatlarni xarid etish, turli toʻlovlarni toʻlash, jamgʻarma hosil etish uchun sarflanadi. Aholi xarajatlarining obyektiv chegarasi daromad boʻlsa, uning subyektiv chegarasi daromad egasining didi, erki, nimani afzal koʻrishidir. Shu tufayli … Читать далее

AXMEDOV

AXMEDOV Shokir (1943.25.2, Toshkent) — baletmeyster. Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (2000). Toshkent davlat xoreografiya bilim yurtini (1962), Moskva davlat teatr sanʼati intining baletmeysterlik f-tini (1972) tugatgan. 1962—65 y. lar Oʻzbek davlat Katta ashula va raqs ansamblida, 1972—74 y. lar «Shodlik» ansamblida, 1974-y. dan Muqimiy teatrida bosh baletmeyster. Axmedov sahnalashtirgan eng yaxshi raqslar: «Erkaklar katta raksi», … Читать далее

AHMAROV Chingiz Gabdurahmonovich

AHMAROV Chingiz Gabdurahmonovich (1912.18.8, Troisk sh., hoz. Chelyabinsk viloyati — 1995.13.5, Toshkent) — monumentalist rassom, Oʻzbekiston xalq rassomi (1964). Ijodida Sharq miniatyu-rasi anʼanalarini davom ettirib, milliy musavvirlik maktabini yaratdi. Perm badiiy texnikumida (1927-30), V. Surikov nomidagi Moskva badiiy insitutida (1935-42) taʼlim olgan. Ahmarov oʻzbek tasviriy sanʼatining milliy oʻziga xosligi borasida xalqning boy va goʻzal badiiy … Читать далее

AHMAD POLVON

AHMAD POLVON (Tolibboyev) (1865 — Toshkent sh. Shayxontohur mavzei — 1914) — mashhur oʻzbek polvoni. Yoshligidan kurashga qiziqdi. 1895-y. mashhur nemis polvoni Rippel (vazni 133 kg) Toshkentga kelganda u bilan sirkda bellashdi va yengdi. Kuragi yerga tegmay yurgan quvalik Xoʻja polvon ham Ahmad polvonga bas kelolmaydi (1904-y.). A. p. birinchi bor fransuzcha kurash musobaqasida ishtirok … Читать далее

AHL ul-KITOB

AHL ul-KITOB (arab. — kitob ahli, mazmunan oʻz diniy kitobiga ega boʻlgan xalqlar) — islom aqidasiga koʻra, haqiqiy dindorlar (musulmonlar) va «gʻayridin» majusiylar oʻrtasidagi odamlar toifasi. Ular oʻzlariga yuborilgan muqaddas kitoblar matnini buzganlar; Muhammad (sav) va uning oxirgi paygʻambarlik vazifasi toʻgʻrisida eslatilgan gaplar chiqarib tashlangan. Ah ul-kitobga xristianlik va yahudiylikka eʼtiqod qiluvchilar kiritilgan. Musulmonlar umuman … Читать далее

AQLIY TARBIYA

AQLIY TARBIYA — shaxsning har tomonlama taraqqiyoti, uni turmush va mehnatga tayyorlashning muhim tarkibiy qismi. Aqliy tarbiya bilimlarni toʻplash, biror narsani tahlil va sintez qilish, narsa va hodisalarni taqqoslash hamda tasniflash, umumlashtirish, mavhumlashtirish, ularni bir tizimga solishni nazarda tutadi. Aqliy tarbiya vazifasi intellektual koʻnikmalar, yaʼni har qanday fanni oʻrganishda qoʻllaniladigan umumiy oʻquv koʻnikmalari — oʻqish, … Читать далее

AYUPOV Abdulla Tolipovich

AYUPOV Abdulla Tolipovich (1923.10.1, Toshkent) — faylasuf olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980), prof. (1983). 1941-45-y. lardagi urush qatnashchisi. Oʻrta Osiyo davlat un-ti tarix f-tini tugatgan (1949). Un-tda oʻqituvchi (1952 — 55), dotsent (1955-y. dan). ToshDU (hoz. OʻzMU) gumanitar f-tlar falsafa kafedrasining mudiri (1962—92), kafedra prof. (1992-y. dan). A. ToshDU falsafa boʻlimi, keyin f-tini … Читать далее

AEROSTAT ASTRONOMIYASI

AEROSTAT ASTRONOMIYASI — astronomiyaning kosmik jismlarni aerostatga oʻrnatilgan teleskop va b. ilmiy apparatlar yordamida kuzatishga asoslangan boʻlimi. Yer sirti yaqinida atmosfera bir tekis isimaganligi sababli, turbulensiya hodisasi roʻy beradi, natijada kuzatilayotgan yoritqich nuqta emas, balki yorugʻroq dogʻ shaklida koʻrinadi. Bunga yulduzlarning miltillashi misol boʻla oladi. Bundan tashqari, atmosferaning quyi qismi kosmik jismlardan keladigan ultrabinafsha (X … Читать далее