ABDURASHIDOV Abdulaxad Abdulxamidovich

ABDURASHIDOV Abdulaxad Abdulxamidovich (1956.11.6, Margʻilon) — sozanda (naychi). Oʻzbekiston xalq artisti (2000). Fargʻona davlat musiqa bilim yurti (1975) va Toshkent davlat konservatoriyasi (1981) ni tugatgan. Margʻilondagi «Doʻstlik» bolalar ansamblida badiiy rahbar (1983—90), Oʻzteleradiokompaniyasining «Maqom» ansamblida sozanda (1990-y. dan). Repertuaridan mumtoz va xalq cholgʻu kuylari («Choʻli Iroq», «Yovvoyi Chorgoh», «Qalandar», eroncha «Shoda-shoda» va b.), oʻzbek ashula … Читать далее

ABDULMOʻMINXON

ABDULMOʻMINXON (7-1599) — Shayboniylardan. Abdullaxon II ning oʻgʻli. Balx va Badaxshon hokimi (1582 — 98). Buxoroxoni (1598-1599). 1589-y. dan ota-bola munosabatlari keskin yomonlashadi. Chunki, Abdullaxon II Hirotni safaviylardan qaytarib olgach, uni oʻz oʻgʻli qolib, Qulbobo Koʻkaldoshga inʼom qiladi. Buning ustiga u Xurosondagi noiblari — Qulbobo Koʻkaldosh, Dinmuhammad sulton va b. ga yozma farmon joʻnatib, Abdulmoʻminxonga … Читать далее

ABDULLAXON TIMI

ABDULLAXON TIMI — Buxorodagi eng katta usti berk savdo rastasi. Abdullaxon davrida kurilgan. (1577). Abdullaxon timi asosi murabba tarxli (39X42 m), 3 tomoni berk, bosh tarzidagi peshtoq opqali kiriladi. Devorlarining 2 tomonida ravoqli tokchalar joylashgan. Baland gumbazli bostirma timni oʻrab turadi. Oʻrtadagi miyonsaroy (diametri — 10 m) baland gumbaz bilan yopilgan. Gumbaz ostidagi ravoqli teshiklardan … Читать далее

ABDULLAYEV

ABDULLAYEV Saʼdulla (1945.12.5, Toshkent) — rassom, Oʻzbekiston BA haqiqiy aʼzosi (1997). P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti (1961—66) va Leningrad (hoz. SanktPeterburg)dagi I. Repin nomidagi rassomlik, haykaltaroshlik va meʼmorlik in-ti (1967—73)da taʼlim olgan. 1973-y. dan M. Uygur nomidagi Sanʼat in-tida pedagog, 1997-y. dan Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn in-tida dotsent. Ijodini teatr … Читать далее

ABDULLAYEV Abdulhaq Oqsoqolovich

ABDULLAYEV Abdulhaq Oqsoqolovich (1918.30.12, Turkiston sh.) — rangtasvir ustasi. Oʻzbekiston xalq rassomi (1968), Oʻzbekiston BA faxriy aʼzosi (1997). Samarqand badiiy bilim yurtida (1931 — 36) va Moskva badiiy in-tida (1938 — 41) taʼlim olgan. Ijodini manzara va portretlar chizish bilan boshlagan («Hovuz boʻyida», 1932; «Yoz», 1937; «Doʻstim portreti», 1937). Kishilarning holat va kayfiyati, maʼnaviy, yorkin … Читать далее

ABDULAZIZXON

ABDULAZIZXON (1614-Balx-1681) — ashtarxoniylardan. Nadr Muhammadxonnit katta oʻgʻli. 1626-y. dan Xuttalon hokimi, 1630-y. dan Balxning gʻarbiy tumanlari hokimi. 1645-y. dan Buxoro xoni. Abdulazizxon markaziy hokimiyatni mustahkamlashga harakat qilgan, mamlakat obodonchiligiga birmuncha hissa qoʻshgan. Buxoroda koʻpgina muhtasham binolar qurdirgan (Abdulazizxon madrasasi va b.).

ABDIY

ABDIY Mirabdullaxoʻja (1870 — Buxoro — 1922) — shoir va tazkiranavis. Abdiyning ayrim zamondoshlariga bagʻishlangan qasida va gʻazallaridan namunalar Afzal Primastiyning («Afzal ut-tazkor» (1904) va Neʼmatulla Muhtaram («Tazkirat ush-shuaro», 1910) tazkiralarida uchraydi. «Tazkirai Abdiy» (yoki «Tazkirat ush-shuaroi mutaaxxirini Buxoro», «Tazkirat ush-shuaro», 1904) tazkirasida Amir Abdulahad davrida yashab ijod etgan 118 shoir haqida biografik maʼlumot va … Читать далее