ABULVAFO

ABULVAFO Muhammad ibn Muhammad ibn Yahyo ibn Ismoil ibn al-Abbos al-Buzjoniy (940.10.6, Xuroson – 998.1.7, baʼzi maʼlumotlarga koʻra 997, Bagʻdod) — falakiyotchi, riyoziyotchi olim. Falakiyot, xandasa, hisobga oid risolalar yaratgan va bu sohalarda yangi ilmiy masalalarni ilgari surgan. Xususan, arab tilidagi matematik adabiyotlarda birinchi boʻlib aylana radiusini 1 ga teng deb oldi, turli murakkab geometrik … Читать далее

ABU TAMMOM

ABU TAMMOM (taxm. 796, Damashq – 843, Mosul) — arab shoiri. Asosan qasida yozgan. Arab sheʼriyatidagi «qadimga qaytish» harakatining asoschilaridan. Abu Tammom oʻz davrida xalq ijodi asosida turli sheʼriy toʻplamlar, tazkiralar ham yaratgan. 7 ta tazkirasi maʼlum. Bizgacha «Kitob ul-hamosa» («Jasorat kitobi») va «An-Naqoid jorir va al-Axtal» («Jarir va al-Axtalning hajviyalari») asarlari yetib kelgan. Beruniy … Читать далее

ABU NAZR SAMARQANDIY

ABU NAZR SAMARQANDIY (Abu Nazr Muhammad ibn Masʼud al-Ayoshiy as-Sulamiy) , (10-a.) — fiqx olimi. Xurosonda bosh imomlik qilgan. Arab tilida 208 ta asar yozgan. Bulardan «Kitob sirat abiy» («Otamning tarjimayi holi kitobi»), «Kitob sirat Umar» («Umarning tarjimayi holi kitobi»), «Kitob al-muvazzah» («Izohlangan narsalar haqida kitob»), «Kitob sirat Muoviya» («Muoviyaning tarjimayi holi kitobi») kabi asarlari … Читать далее

ABU BASHAR MATO

ABU BASHAR MATO ibn Yunus Nasroniy Nasturiy (? — 940) — olim, tarjimon. Xalifa Roziy zamonida (934 — 940) bir necha vaqt Bagʻdodda turgan. Aristotelning «Kitob ul-ibora», «Mabhas ul-Buhron» asarlariga sharhlar yozgan, «Poetika» kitobini suryoniychadan arab tiliga, «Maso ul-olam» kitobining baʼzi muqaddimalarini, Yahyo ibn Serafionning «Kunnosh» asarini, Platon, Iskandar Afrodiziy va b. olimlarning asarlarini arab … Читать далее

ABRI BAHOR

ABRI BAHOR (fors – bulut) — kitobat sanʼatida qoʻlyozma kitob sahifalarini bezash sanʼati; shuningdek shu usulda yaratilgan tasvir. Maxsus idishdagi daraxt yelimining suvdagi eritmasiga yelim va boshqalar bilan aralashtirib tayyorlangan turli rangdagi boʻyoklar moʻyqalam yordamida navbati bilan (toʻq rangdan och rangga qarab) so-iladi. Maxsus taroq vositasida turli rasm (tasvir)lar hosil qilib taralgan yelim yuzasidagi boʻyoqlar … Читать далее

ABR

ABR (fors. — bulut) — bezak turi. Tarhi bulutsimon koʻrinishda; amaliy bezak sanʼatida, jumladan, abrbandi usulida tayyorlanadigan gazlamalar (shoyi, atlas), meʼmorlik, kulollik, muqovasozlikda ayniqsa koʻproq uchraydi.

ABITURIYENT

ABITURIYENT (lot. abituriens — ketishga otlangan) — koʻp mamlakatlarda oʻrta oʻquv yurtini tamomlayotgan kishi. Abituriyent soʻzi 50 – y. lar oxiridan yangi maʼno kasb etib, oliy oʻquv yurtiga kiruvchi maʼnosida ham ishlatila boshladi.

ABDUQODIR NAYCHI

ABDUQODIR NAYCHI Ismoilov (1888, Qoʻqon — 1951.22.2, Toshkent) — sozanda. Oʻzbekiston xalq artisti (1941). 13 yoshidan otasi Ismoil Naychidan Tanavor, Yovvoyi Chorgoh, Dugoh, Suvora, Sarbozcha, Mirzadavlat, Ajam yoʻllarini oʻrgangan. «Sayyor truppa»da Ahmadjon Qoʻshnay, Yusuf Qiziq, Muhiddin Qoriyoqubov, Tamaraxonim, Usta Olim kabi sanʼatkorlar safida boʻlgan. 1926-y. da tashkil etilgan «Etnografik truppa» safida boʻlib, ansamblning 1927-y. gi … Читать далее