AMIR MASTI QOBUZIY

AMIR MASTI QOBUZIY (15-a. oxiri, Hirot — 16-a. boshlari, Buxoro) — sozanda, bastakor, hofiz. Abdurahmon Jomiyning shogirdi. Amir Masti Qobuziyning gʻoyat xushovoz ekanligini payqagan Jomiy, unga moslab «Imoma» nomli maxsus naqsh bastalagan va bu asarni ijro etish yoʻllarini Amir Masti Qobuziyga oʻrgatgan. Darvish Alining «Tuhfat us-surur»ida bayon etilishicha, Amir Masti Qobuziy keyinchalik Hirotdan Buxoroga koʻchib … Читать далее

AMINOVA Rahima Hodiyevna

AMINOVA Rahima Hodiyevna (1925.18.11, Qoʻqon) — tarixchi olima, Oʻzbekiston FA akad. (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1985), tarix fanlari d-ri (1963), prof. (1968). Oʻrta Osiyo davlat untining sharq f-tini bitirgan (1948). Oʻzbekiston FA Tarix va arxeologiya in-tida ilmiy xodim (1953 — 57), boʻlim mudiri (1957—93), yetakchi ilmiy xodimi (1993 ydan). Ilmiy ishlari Oʻzbekistonda sanoat … Читать далее

AVOKADO

AVOKADO, alligator noki (Persea) — lavrdoshlarga mansub doim yashil oʻsimliklar (daraxtlar) turkumi. Subtropik zonada, jumladan, Qora dengiz atroflarida oʻsadi, Oʻzbekistonda hozirgacha ekilmagan. Avokado daraxti baland, gullari ikki jinsli, oq. Mevasi (250—600 g) bir urugʻli, toʻq yashil yoki koʻkimtir-qizil, tarkibida 30% gacha moy, 1,5—4% gacha oqsil bor; yangi uzilgan holda isteʼmol qilinadi.

AVIATSIYA ASBOBLARI

AVIATSIYA ASBOBLARI — samolyotdagi nazorat-oʻlchov ishlarini bajarishda ishlatiladigan jihozlar. Uchuvchi, shturman, bort muhandisi (texnigi) kabinalarida oʻrnatiladi. Vazifasi jihatidan uch guruhga boʻlinadi. Birinchi guruhga dvigatel asboblari, ikkinchi guruhga pilotaj-navigatsiya asboblari, uchinchi guruhga esa yordamchi asboblar kiradi. Taxometr, termometr, mano-vakuummetr, gazoanalizator (alfametr), benzin oʻlchagich, moy oʻlchagichlar birinchi guruhni; kompas, havo tezligi koʻrsatkichi, balandlik oʻlchagich, soat, vertikal tezlik … Читать далее

AVENTIN

AVENTIN — qad. Rim sh. joylashgan yetti tepalikdan biri. Rivoyatga koʻra plebeylar, patritsiylar bilan kurashgan davrlarida Muqaddas toqqa, shuningdek Aventinga ketganlar. Mil. av. 50 – y. lardan boshlab Aventin yerlari plebeylar oʻrtasida taqsimlangan.

AVARLAR

AVARLAR (oʻzlarini maarulal deb ataydilar) — Dogʻistonda (496 ming kishidan ziyod) va Ozarbayjonning shim. gʻarbiy qismida (44 ming kishi) yashovchi yerlik xalq. A. va ularga yaqin xalqlarning umumiy soni Rossiya Federatsiyasida 544 ming kishi (1992). Avarlar islom dinining sunniy oqimiga mansub. Avar tilida soʻzlashadi. 19-a. ning 2-yarmida faqat Xunzax yassitogʻligida yashovchi aholi oʻzlarini Avarlar deb … Читать далее

AVAZ OʻTAR UY-MUZEYI

AVAZ OʻTAR UY-MUZEYI — adabiymemorial muzey. Avaz tavalludining 100-yilligi munosabati bilan Ichan qalʼada u yashagan uy oʻrnida qurilgan binoda ochilgan (1984). Muzey oldida shoirga haykal oʻrnatilgan. U 4 xonadan iborat: 1 – xonaga Avaz asarlaridan namunalar, suratlari, albomlar, ustoz va shogirdlarning kitoblari va b. qoʻyilgan; 2 – xonani shoirning otasi Polvonniyozning kiyim-boshlari, sandiq, koʻrpa-toʻshak, oʻchoq, … Читать далее

ABULQOSIM MADRASASI

ABULQOSIM MADRASASI — Toshkentdagi meʼmoriy yodgorlik. Madrasa, masjid va xonaqohdan iborat. Qurdirgan shayx nomi bilan atalgan. Eng eski binosi — xonaqoi Moʻyi Muborak 1820-y. bunyod etilgan, 1850-y. Madrasa qurilgan. Dastlab bir qavatli boʻlgan. Madrasa chortoq tarhli (55×46 m), hovlisi (22×28 m) atrofida miyonsaroy, darsxona, masjid, toʻrda Moʻyi Muborak xonaqohi (6,1×6,1 m) joylashgan. Hovliga old va … Читать далее