ANAEROBIOZ

ANAEROBIOZ (yun. an — inkor qoʻshimchasi, ayer — havo va bios — hayot) — organizmlarning erkin kislorod boʻlmagan muhitda hayot kechira olishi. Anaerobioz tushunchasini 1861-y. da L. Paster kiritgan. Hayot faoliyati uchun zarur boʻlgan energiyani anorganik (mas, nitratlar va sulfatlar) yoki organik moddalar (mas, uglevodlar)ni parchalab oladigan anaerob organizmlar uchun Anaerobioz odatdagi yashash muhitidir. Tez … Читать далее

ANAPLAZMA

ANAPLAZMA (Anaplazma) — bir hujayrali sodda organizm. Tanasi yumaloq, diametri 1 mkm gacha. Anaplazma nuqtadek boʻlib, qizil qon tanachalari (eritrotsitlar)ni jarohatlaydi. Anaplazma faqat mikroskopda koʻrinadi. Eritrotsitda 1 — 4 tagacha Anaplazma boʻlib, koʻpincha uning chetida joylashadi. Anaplazma oddiy boʻlinish yoʻli bilan koʻpayadi va anaplazmoz kasalligini qoʻzgʻatadi. Qoramol va qoʻyechkilar qonida parazitlik qiladi.

ANALITIK TUR

ANALITIK TUR — mahalliy ahamiyatga molik geodezik toʻr. Katta masshtabli syomka oʻtkazish va muhandislikgeodezik ishlarni taʼminlash maqsadida davlat geodezik toʻrini hosil qiluvchi punktlar asosida triangulyatsiya va trilateratsiya usullari yordamida Analitik tur hosil qilinadi. Birinchi razryadli Analitik turlar 1—4sinflarga oid, to-monlari 2—5 km li geodezik toʻr asosida, oʻlchash xatosi t=4» gacha mos boʻlgan siljish (koʻchish) b-n … Читать далее

ANAKONDALAR

ANAKONDALAR (Eunectus) — boʻgʻma ilonlar urugʻi. Hoz. ilonlarning eng yirigi — uz. 10 m gacha (qayd qilingan uz. 11,43 m). Sargʻish-kulrang tanasi orqa tomondan 2 qator yirik doira shaklidagi qoʻngʻir, yon tomonlardan bir necha qator mayda oqish dogʻlar bilan qoplangan. 3 turi tropik. Jan. Amerikaning daryo, koʻl va botqoqliklarida tarqalgan. Oddiy Anakondalar (Ye. murinus) kuproq … Читать далее

AMXARA TILI

AMXARA TILI — som tillari guruhiga mansub til. Efiopiya aholisining anchagina qismi Amxara tilida gaplashadi. Bu til sintaksisi Efiopiyaning ikkinchi adabiy va davlat tili hisoblanadi. Amxara tilida faqat uchta suz turkumi: ot, feʼl, yuklamagina aniq farqlanadi. Urgʻu kuchsiz. Amxara yozuvida 296 belgi mavjud.

AMURSANA

AMURSANA (1722 – 1757) — Mongoliyada 1755 — 58 y. lardagi manjurlarga qarshi milliy ozodlik kurashi rahbarlaridan biri. Jungʻor (oyrat) xonligidagi mulkdorlardan, oʻrta hol oyrat aristokrat oilasidan. Galdan Serenxon (1727 — 45) vafotidan soʻng taxtni egallash uchun harakat qilgan, biroq boshqa daʼvogarlarning qarshiligiga duch kelib, Pekinga qochgan. Mongol ozodlik harakatining soʻnggi oʻchogʻi — Jungʻor (oyrat) … Читать далее

AMPLITUDA

AMPLITUDA (lot. amplitudo — kattalik, miqdor) — muayyan qonunga muvofiq tebranayotgan kattalikning nol qiymatidan eng katta ogishi. Mas, mayatnikning muvozanat holatdan ogishi, oʻzgaruvchan elektr tokida tok kuchi va elektr kuchlanishi qiymatlarining ogishi va h. k. Boshqacha aytganda, Amplituda tebranish qulochini ifodalaydi. Tebranayotgan kattalik yarim tebranish davrida bir marta eng yuqori qiymatga erishadi. Garmonik tebranishlarda Amplituda … Читать далее

AMMOFILLAR

AMMOFILLAR, qum arilari (Ammophilia) — kavlovchi arilar oilasiga mansub arilar urugʻi. Qorin boʻlimi uzun qizgʻish poyachadan iborat. Tuproqqa bitta katakchali uya quradi. Turli kapalaklar qurtlarini falajlab uyasiga olib kelib, unga tuxum qoʻyadi. Tuxumdan chiqqan qurti falajlangan kapalak qurti bilan oziqlanadi. 250 turi keng tarkalgan. Oʻzbekistonda 15 ga yaqin turi maʼlum.