ANJABOR

ANJABOR (Geranium collinum, G. rectum) — yoronguldoshlar oilasining geranlar turkumiga mansub bir-biriga yaqin bir qancha turlardan iborat kup yillik oʻtlar. Bargi keng toʻgarak, rombsimon boʻlaklarga boʻlingan, guli koʻkishpushti. Oʻzbekiston togʻlarida oʻsadi. Tarkibida 23—54% tannin (oshlovchi) va b. moddalar bor. Ildizining qaynatmasi tabobatda ichdan qon ketishini toʻxtatish, ogʻriqni qoldirish va meʼda kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Anjabor teri … Читать далее

ANDHRA-PRADESh

ANDHRA-PRADESh — Hindiston shtati. Hindiston ya. o. sharqida, Bengaliya qoʻltigʻi sohilida, 1956-y. telugu (andhra) xalqi yashaydigan viloyatlardan tashkil qilingan. Mayd. 277 ming km2. Aholisi 66,4 mln. kishi (1991). Aholisining asosiy qismi hinduizm dinida; musulmonlar 10% chamasida. Maʼmuriy markazi va eng yirik shahri — Haydarobod. Mamlakatning muhim dehqonchilik r-ni. Asosan Dekan yassi togʻligida joylashgan. Sohil qismi … Читать далее

ANDREYEV Mixail Stepanovich

ANDREYEV Mixail Stepanovich (1873.11.9 – Toshkent – 1948.10.11) – etnograf, tilshunos, eronshunos olim. Oʻzbekiston FA akad. (1943), Rossiya FA muxbir aʼzosi (1929), Oʻzbekiston va Tojikistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1945, 1944), Toshkent gimnaziyasini, Turkiston oʻqituvchilar seminariyasini tugatgan. Toshkentdagi Eshonquli dodho madrasasida oʻqigan (1894). 1897-y. Moʻgʻuliston va Sharqiy Turkiston ekspeditsiyalarida ishtirok etadi. 1918—20 ylarda Turkiston sharq-shunoslik … Читать далее

ANDIJON TUMANI

ANDIJON TUMANI — Andijon viloyati markaziy qismida joylashgan tuman. 1926-y. 29 sent. da tashkil etilgan. Jalaquduq, Xoʻjaobod, Asaka, Oltinkoʻl, Baliqchi, Izboskan va Paxtaobod tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 0,38 ming km2. Aholisi 177,3 ming kishi (2000). Andijon tumanida 1 shaharcha (Kuyganyor) va 9 qishloq fuqarolari yigʻini (Boʻtaqora, Yorboshi, Kunji, Nayman, Orol, Oqyor, Xaqan, Xartum, Xarabek) bor … Читать далее

ANDIJON DON MAHSULOTLARI AKSIYADORLIK JAMIYATI

«ANDIJON DON MAHSULOTLARI» AKSIYADORLIK JAMIYATI — oziq-ovqat sanoati korxonasi. Andijon sh. da joylashgan. «Oʻzdonmahsulot» davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi tarkibiga kiradi. 1964-y. Andijon un kombinati sifatida tashkil etilgan. 1994-y. dan hozirgi nomda va ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati. Asosan un va chorva uchun aralash yem mahsulotlari ishlab chiqaradi. Bir yilda 68500 t un, 73000 t aralash yem i. ch. … Читать далее

AVDERRAYTING

AVDERRAYTING (ing. underwriting) — 1) qimmatbaho qogʻozlarni ochiq obuna boʻyicha vositachilar orqali tarqatish. Odatda vositachilik vazifasini investitsiya banklari yoki kompaniyalari bajaradi. Qimmatbaho qogʻozlar katta miqdorda chiqarilgan paytda bunday kompaniyalar oʻzaro birlashib emissiya sindikata tuzadilar. Agar qimmatbaho qogʻoz xususiy joylashtiriladigan boʻlsa, investorlar oʻrtasida joylashtirish masalalari bilan emmitentning oʻzi shugʻullanadi;

ANGOB

ANGOB — qizil kesakdan tayyorlangan boʻyoq. Angob kulolchilikda keng qoʻllaniladi. Sopol idishlar va buyumlar Angob surtishdan oldin quritiladi. Notekis joylari maxsus loy (dazmol loy) bilan tekislanadi, soʻng hoʻl latta bilan silliqlanadi. Baʼzan Angob bir necha qavat surtiladi. Idishlar va buyumlar Angobdan keyin naqshlanadi. Oʻrta Osiyo xalqlari Angobni neolit davri (mil. av. 4 — 3 ming … Читать далее

ANGISHVONAGUL

ANGISHVONAGUL, oʻymoqgul (Digitalis) — sigirquyruqdoshlar oilasiga mansub ikki yillik va koʻp yillik oʻtlar turkumi. Yevropa va Osiyoda 25 ga yaqin turi bor. Barchasi zaharli. Angishvonagulning poyasi tikka (uz. 40 — 150 sm), barglari ketma-ket joylashgan, barg cheti arrasimon, baʼzi turlarida tekis. Barglar poyaning ostidan uchiga tomon maydalashib boradi. Gullari shingil toʻpgulga yigʻilgan, gultoji qoʻngʻiroq yoki … Читать далее