BRAKERAJ

BRAKERAJ (rus. brakdan) , mol nazorati — tovarning sifati, bezatilishi va transportbop qilib oʻralishi, belgilangan standart yoki shartnoma shartlariga moye kelishini tekshirish. Brakeraj maxsus davlat tashkilotlari (rasmiy tovarshunoslar) yoki hakam brokerpar tomonidan bajariladi. Пост Навигацияси

ATKA

ATKA — temuriylar davrida amirzodalarga ilm-fan, harbiy sanʼat, odobaxloqning noziq jihatlaridan tarbiya beruvchi mansabdor shaxs. Turkistondagi xonliklar davrida (16 — 19-a. lar) tarbiyachi, otaliq istilohi bilan ifodalangan.

VIRAJ

VIRAJ (frans. virer — burilmoq, tusini oʻzgartirmoq) — 1) burilish; 2) uchuvchilikda (pilotajda) gorizontal tekislikda berk egri chiziq (aylana) hosil qilib uchish; samolyotni bir xilda yonga ogʻdirib, oʻzgarmas ilgarilama tezlikda 360» burib uchiriladi. Viraj uchuvchidan katta mahorat talab qiladi; 3) avtomobil yoʻli burilishi joyi, velosiped treki, avtodrom qayrilmalarida bir tomonlama koʻndalang nishabi boʻlgan qismi; 4) … Читать далее

BRAGE

BRAGE (Brahe) Tixo (1546.14.12, Knudstrup — 1601.13.10, Praga) — daniyalik astronom; amaliy astronomiya islohotchisi. Brage boshchiligida qurilgan rasadxona (1576) Uraniborg, yaʼni «astronomlar uyi» deb ataddi. Brage rasadxonada 20 y. dan ortiq yulduz, sayyora va kometalar ustida tadqiqotlar olib bordi. Oy harakatidagi yillik notekislik va variatsiyalarini, kometalar atmosfera hodisasi emasligi (ularning Oydan ham yiroqda ekanligi)ni anikladi. … Читать далее

ATELEKTAZ

ATELEKTAZ (yun. ateles — yetilmagan, notoʻliq va ektasis — choʻzilish) — oʻpka pufakchalari (alveolalari), segmentlar va b. ning havosizlanishi yoki deyarli havo qolmasligi natijasida burishishi (puchqayishi). Atelektaz bronxlar teshigining xar xil narsalar (nekroz natijasida koʻchib tushgan epiteliylar va h. k.) bilan tiqilib qolishi yoki bronxlarning tashqi tomondan siqilishi (plevrada transsudat yoki ekssudat yigʻilganda, oʻsmalarda) oqibatida … Читать далее

VINTLI KEMA

VINTLI KEMA — eshkak vint (gʻildirak) bilan harakatlanadigan kema. Zamonaviy oʻziyurar kemalarning koʻpi eshkak vintli. Kemaning quyruq qismiga oʻrnatiladigan bir va bir necha eshkak vintli kemalar mavjud. Baʼzi Vintli kema (muzyorar, parom) larda eshkak vint kemaning tumshuq qismiga ham oʻrnatiladi (yana q. Kema, Kema dvigateli). Пост Навигацияси

ATAKAMA

ATAKAMA — Jan. Amerikadagi choʻl, Chilining shim. da. Tinch okean sohili boʻylab, 22—27° j. k. orasida, taxm. 1000 km ga choʻzilgan. Dengiz sathidan 500 m dan 2000—3200 m gacha balandlikda joylashgan. Dunyodagi eng qurgʻoqchil joylardan biri. Ikltshi tropik passatli iqlim. Peru oqimi taʼsiri sababli nisbatan sovuq. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi dengiz boʻyida 19—20°, iyulniki 13 … Читать далее

VINNITSA

VINNITSA — Ukrainadagi shahar, Vinnitsa viloyatining markazi. Jan. Bug daryosi boʻyida. T. y. tuguni. Ahrlisi 381 ming kishi (1999). Shahar birinchi marta 1363-y. dan tilga olingan. Ukrainaning yirik sanoat va madaniyat markazlaridan. Vinnitsada oziq-ovqat (yogʻ-moy, meva konserva va goʻsht), yengil (poyabzal, tikuvchilik, trikotaj, attorlik f-kalari va b.), kimyo (kimyo k-ti), mashinasozlik (shu jumladan traktor agregatlari, … Читать далее

BOGʻ OʻRMON IHOTAZORLARI

BOGʻ OʻRMON IHOTAZORLARI — mevali bogʻlar, uzumzorlar va b. mikroiqlimini yaxshilash va tabiatning zararli omillaridan saklash uchun ular atrofiga belbogʻ usulida, bogʻ ichida karta chegaralari boʻylab barpo etiladigan daraxtzorlar. Bogʻ oʻrmon ihotazorlari shamol tezligini susaytiradi, qishda bogʻlarni qor quyunlaridan asraydi. Bu esa mevali daraxtlarning yaxshi oʻsib, rivojlanishi, hosildorligining oshishiga taʼsir koʻrsatadi. Bogʻ oʻrmon ihotazorlari bogʻning … Читать далее