GAZ KONDENSATORI

GAZ KONDENSATORI — gazsimon dielektrikli kondensator. G. k. jumlasiga gaz yoki havo toʻldirilgan va vakuumli kondensatorlar kiradi. Elektr zanjirlari, asboblari va qurilmalarida qoʻllaniladi (q. Elektr kondensator). Пост Навигацияси

GAGALAR

GAGALAR (Somateria) — gʻozsimonlar turkumining oʻrdaksimonlar oilasiga mansub qushlar urugʻi. Yevropa, Osiyo, Shim. Amerikada yashaydigan yirik dengiz oʻrdaklari; 4 turi mavjud. Boshi katta, boʻyni qisqa, tumshugʻi keng va kalta. Ogʻirligi 3 kg gacha. Uyasini tundra yoki dengiz oralariga quradi. Koloniyadagi uyalar soni 10 minggacha yetganligi maʼlum. Odatda 4—5 ta tuxum qoʻyadi. Modasi 24—27 kun tuxum … Читать далее

GAVAYI OROLLARI

GAVAYI OROLLARI, Sandvich orollari — Tinch okeandagi arxipelag. Orollar 3600 km ga choʻzilgan 24ta vulkan orolidan iborat. Bal. 4205 m. (Mauna-Kea uchgan vulkani). Eng yirik orollari: Gavayi, Maui, Molokai, Oaxu va b. Harakatdagi vulkanlar koʻp. Iqlimi tropik dengiz iqlim. Eng issiq oy — avg. ning oʻrtacha t-rasi 21 — 25°, fev. niki 18—2G. Oʻrtacha yillik … Читать далее

GOʻSHA

GOʻSHA — Yaqin va Oʻrta Sharq mumtoz musiqasida yirik turkumli asarlarning tarkibiy boʻlagi. Maqomot tizimidagi Ozarbayjon va Eron dastgohlarida shoʻbalarni tashkil etuvchi cholgʻu-vokal kichik tuzilmalarningumumiy nomi. Muayyan his-tuygʻularni ifodalovchi Goʻshalar oʻziga xos tovush koʻlami, ohang va usullar bilan ajralib turadi. Goʻshalar mustaqil nomlar bilan yuritiladi. Har bir asosiy dastgoh 40 dan ortiq, unga ergashgan ovozalar … Читать далее

GOʻNG CHIVINLARI

GOʻNG CHIVINLARI (Scatophagidae) — ikki qanotli hasharotlar turkumi oilasi. Goʻng bilan oziqlanadigan koprofag hayvonlar. Goʻngda, odatda, sariq G. ch. (Scatophaga stercoraria) koʻp uchraydi. Sariq Goʻng chivinlarining uz. 10 mm gacha, tanasi qalin sargʻish tuklar bilan qoplangan. Qurtlari goʻng va chiqindilarda yashaydigan mayda hasharotlar bilan oziqlanadi. Koʻpchilik Goʻng chivinlarining hayoti goʻng bilan bogʻliq emas. Ular orasida … Читать далее

GUTTATSIYA

GUTTATSIYA (lot. gutta – tomchi) – oʻsimlik barglaridagi bezchalar — gidatodalar orkali suvning tomchilar holida ajralishi. Guttatsiya ildiz qabul qilgan suv barglar bugʻlatgan suvdan ortganda (kechasi, tongda, nam atmosferada) roʻy beradi. Guttatsiya oʻsimlik toʻqimasidagi suv muvozanatini tartibga solib turadi. Mas, sernam tropik oʻrmonlarda oʻsadigan Colocasia nimphaefolia oʻsimligining bitta bargi bir kechada 100 ml suv ajratadi. … Читать далее

GURU

GURU (sanskritcha — diniy murabbiy, ustoz) — Panjob (Hindiston)dagi sikxlar diniy jamoasi rahbari. Birinchi Guru — Nanak (1469—1538), soʻnggisi (10si) — Govind Singx(1-a. 2-yarmi — 18-a. boshi). Loading… Пост Навигацияси Previous PostGURPINOR Husayn Rahim Next PostGURXON

GURBAXSH SINGH

GURBAXSH SINGH (1895-1977) – hind (panjob) yozuvchisi. Muxandislik kollejida (Rurkiy) va Michigan (AQSH) un-tida oʻqigan. «Pritlari» («Sevgi halqasi») jur. ni chiqargan (1933). «Rajkumar Latika» (1923) pyesasida dehqonlarning yerga egalik qilish uchun zamindorlarga qarshi kurashi tasvirlangan. Gurbaxsh Singhning ijodida hind xalqining milliy ozodlik harakati muhim oʻrin tutadi. Uning «Vatanparvar» hikoyasida teng huquqli, farovon jamiyat haqidagi orzu-umidlari … Читать далее

GUMUS

GUMUS (lot. humus — tuproq) , chirindi — tuproqning nisbatan barqaror, odatda, qoramtir organik birikmalari majmui; nobud boʻlgan oʻsimlik va hayvon organizmining biologik hamda biokimyoviy oʻzgarishi (chirishi va undan murakkab yangi moddalarning sintezlanishi) natijasida hosil boʻladi. Gumus tarkibiga organik qoldiq moddalar (oqsillar, uglevodlar, lignin, yogʻlar va b.), ularning oʻzgarishi vaqtida vujudga kelgan oraliq mahsulotlar (aminokislotalar, … Читать далее