BOLALAR OʻYIN QOʻSHIQLARI

BOLALAR OʻYIN QOʻSHIQLARI — folklor janri. Bolalar oʻyini jarayonida aytiladi. Bolalar oʻyinining tarkibiy qismi boʻlib, oʻyin uchun zamin, kayfiyat hozirlaydi, ishtirokchilar harakatini toʻldiradi, dramatik holatni yuzaga keltiradi. Uzbek bolalarining koʻplab anʼanaviy oʻyini koʻshiqlari bor. Odatda, bolalar oʻz oʻyinlarini chek tashlash yoki sanamalar («Bir, ikki…oʻn olti», «Choriy chambar» va b.), shuningdek «Oʻrta qoʻl topish», «Guldur gup» … Читать далее

BOLALAR BOGʻCHASI

BOLALAR BOGʻCHASI — maktab yoshigacha boʻlgan bolalarni tarbiyalovchi muassasa. Birinchi marta 1837-y. Germaniyada nemis pedagogi F. Frebel tomonidan tashkil etilgan. Bolalar bogʻchasi xalq taʼlimi tizimining dastlabki boʻgʻini hisoblanadi (q. Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasi). Oʻzbekistonda odatdagi Bolalar bogʻchasi 3—7 yoshli bolalarga moʻljallangan. 2 oylikdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar tarbiyalanadigan yaslibogʻchalar ham bor. Bundan tashqari sogʻlomlashtirish bogʻchalari, … Читать далее

BOYMATOV Gʻayrat Zuhriddinovich

BOYMATOV Gʻayrat Zuhriddinovich (1946.26.2, Toshkent) — grafik rassom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1989). Respublika rassomlik bilim yurtini (1966) va Xarkov badiiy sanoat in-tini (1971) tugatgan. Boymatov ijodiga badiiy joʻshqinlik, ramziy tasviriy yechim va vositalar, oʻz gʻoyasini turkum lavhalarda (asosan, akvarelda) yaratish xos. Asarlarida milliy madaniy meros (urfodatlar, hunarmandlik. tomosha sanʼati, anʼanaviy turmush tarzi)ni, qadrdon … Читать далее

GALEN

GALEN (Galenus) Klavdiy (taxm. 129, Pergam — 201, Rim) — qad. rim vrachi va tabiatshunosi. Sharkda Jolinus hakim nomi bilan mashhur. Tibbiyot va falsafaga oid koʻplab asarlar muallifi. «Inson tanasining qismlari haqida»gi mumtoz asarida birinchi marta bir butun organizmni anatomikfiziologik jihatdan tasvir-lab bergan. Hay-vonlarda oʻtkazil-gan viviseksiya tajribalarini tibbiyotga joriy kilgan. Galen shifobaxsh dorilar (q. Galen … Читать далее

GALAKTIKA

GALAKTIKA (yun. Galaktikos — sutli, sutsimon) — umumiy oʻzaro tortishish kuchi bilan bogʻlangan hamda Quyoshni ham oʻz ichiga olgan 200 mlrd. dan ortiq yulduzning ulkan gravitatsion sistemasi. Galaktikada yulduzlardan tashqari yulduzlararo muhit — gaz, chang va turli mayda kosmik zarralar ham bor. Umumiy koʻrinishi jihatidan mashhur Andromeda tumanligi bilan deyarli bir xil, oʻlchami jihatdan esa … Читать далее

BOZOR IQTISODIYOTIGA OʻTISH

BOZOR IQTISODIYOTIGA OʻTISH — anʼanaviy va rejali buyruqbozlik tuzumidagi iqtisodiy munosabatlardan bozor munosabatlariga oʻtish jarayoni. Bu jarayon iqtisodiy zarurat, chunki anʼanaviy yoki rejali buyruqbozlik tizimlari barqaror iqtisodiy taraqqiyotni va xalq farovonligini taʼminlay olmay qoladi hamda Bozor iqtisodiyotiga oʻtish orqali iqtisodiy ravnaqqa erishish yoʻli tanlanadi. Tarixan B i. oʻ. ning uch yoʻlini koʻrsatish mumkin: 1) anʼanaviy … Читать далее

GAITILAR

GAITILAR — xalq, Gaitining asosiy aholisi (6,6 mln. kishi). Shuningdek Dominikana Respublikasi, AQSH, Kuba, Bagama o. larida ham yashaydilar. Umumiy soni 7,2 mln. kishi (1992). Kreollashgan fransuz tilida soʻzlashadilar (gaiti kreol tili). Dindorlari — katoliklar, shuningdek sinkretik «suv»ga sigʻinuvchilar ham bor. Пост Навигацияси

GAZLIFT

GAZLIFT, erlift (gaz va ing. lift — koʻtarmoq) — quduqqa tushirilgan quvur orqali suyuqlik (suv, neft)ni yuqoriga chiqarish qurilmasi. Siqilgan gaz yoki havo kompressor yordamida boshqa quvur orqali suyuqlikka yuboriladi, gaz yoki havo suyuqlik bilan aralashib, gaz-suyuqlik yoki suv-havo emulsiyasini hosil qiladi. Emulsiya ikkinchi quvur orqali yuqoriga koʻtariladi. Yuqorida separator yordamida neft yoki suv, gaz … Читать далее

GAZ-DIZEL

GAZ-DIZEL, gaz-suyuqlikli dvigatel — dizelsimon gaz dvigateli (k Dizel). Unda gaz-havo aralashmasi dvigatel silindrida yuz beradigan siqish jarayoni oxirida silindrga purkaladigan ozgina suyuqyonilgʻidan alangalanadi. G.-d. asosan gaz haydash qurilmalarida qoʻllaniladi. Пост Навигацияси

GAZ TERMOMETR

GAZ TERMOMETR — t-rani oʻlchash asbobi. Ishi ideal gaz bosimi r yoki hajmi V ning t-raga bogʻliqligiga asoslangan: pV=RT (R — gaz doimiysi). T-ra shkalalarini tuzish t-rani Gaz termometr vositasida oʻlchashga asoslangan. Gaz termometrdan Xalqaro amaliy t-ra shkalasining reper (tayanch) nuqtalarini aniqlashda birlamchi t-ra asbobi sifatida foydalaniladi. Odatda doimiy hajmli Gaz termometrdan foydalaniladi; unda t-raning … Читать далее