BALIQ OʻSTIRISH

BALIQ OʻSTIRISH — hovuz va b. suv havzalarida baliqlarga ozuqa berib boqish. Zogʻora baliq, xonbaliq, oʻtxoʻr baliq, sudak, ilonbaliq va b. baliqlarni boqish tartibi ishlab chiqilgan. Issiqsevar baliqlar (zogʻora baliq, tovonbaliq, leshch, amur va b.) boqiladigan hovuzlar oʻtloqi va botqoqli hududlarda barpo etilib, ularga daryo, kanal, kollektorlardan hamda koʻllardan suv olinadi. Salqinsevar baliqlar (xonbaliq, sulaymonbaliq … Читать далее

BALEAR OROLLARI

BALEAR OROLLARI — Oʻrta dengizning gʻarbiy qismidagi orollar toʻdasi, Ispaniyaning Baleares muxtor viloyatini tashkil etadi. Ikkita katta orol — Malyorka va Menorka o. lari hamda Pitius o. lari arxipelagidan iborat. Mayd. 5 ming km2. Aholisi 686 ming kishi (1992), aksariyati katalonlar. Maʼmuriy markazi — Palma-deMalyorka sh. Eng baland joyi 1445 m. Karst relyef shakllari keng … Читать далее

GUBERNA

GUBERNA, gubernya, guberniya — Rossiyada 1708-y. dan mavjud boʻlgan asosiy maʼmuriy-hududiy birlik. Uezdlarga boʻlingan. Ayrim Gubernalar general-gubernatorliklarga birlashgan. 1917-y. ga kelib 78 Guberna mavjud edi, ulardan 25tasi Polsha, Finlyandiya, Boltiqboʻyi davlatlariga oʻtgan. 1923 — 29 y. larda Gubernalar oʻrnida oʻlka va oblastlar tashkil etilgan. Пост Навигацияси

BALAND-PASTLIK

BALAND-PASTLIK (musiqada) – tovushning oʻz manbai tebranishi (chastotasi)ga binoan interval, lad, gamma, tovushqator, inson ovozi, musiqa asboblari registri va b. tarkibidagi muayyan oʻrni. Loading… Пост Навигацияси Previous PostBALANDLIK TAYANCH NUQTALARI Next PostBALANDCHAQIR

GUANAKO

GUANAKO (Lama guanacoe) — tuyasimonlar oilasining lamalar urugʻiga kiradigan sut zmizuvchi hayvon. Tanasining uz. 120 — 175 sm, yagrinidan balandligi 90 — 100 sm, ogʻirligi 48 — 96 kg. Fakat Jan. Amerikaning aholi kam yashaydigan And baland togʻli chalachoʻl mintaqasida yashaydi. Poda boʻlib yuradi. Goʻshti va terisi uchun ovlanadi. Soni kamayib bormoqda. Xonaki lamalarning yovvoyi … Читать далее

BAKTRIM

BAKTRIM, biseptol — tarkibida sulfanilamid preparatlaridan sulfametoksazol va diaminopiramidin unumlaridan trimetoprim boʻlgan dori modda. Nafas va siydik yoʻllari yalligʻlanishi bilan kechadigan kasalliklarda, shuningdek meʼda-ichak yoʻlining yuqumli kasalliklarida, jarrohlik operatsiyalaridan keyingi asoratlarning oldini olishda ishlatiladi. Пост Навигацияси

GRUZIN TILI

GRUZIN TILI — gruzin xalqi tili. Kavkaz (iberg-kavkaz) tillari kartvel guruhiga mansub. Unda.3917,7 ming kishi soʻzlashadi. Gruzin adabiy tili tarixi 2 davrga ajraladi: qad. gruzin (5 — 11-a. lar), hoz. gruzin (12-a. dan boshlab). Kart dialekta gruzin adabiy tilining asosini tashkil etadi. Gruzin tilining dialektlararo differensiyasi juda kuchsiz. Hoz. Gruzin tili fonetika tizimida 5 unli … Читать далее

BAKTERIYEMIYA

BAKTERIYEMIYA (bakteriyalar va yun. haima — qon) — qonda bakteriyalar boʻlishi. Bakteriyalar odam va hayvonlar qoniga teri va shilliq pardalar shikastlanganda, shuningdek limfa tugunlari, tomirlar sistemasi va b. aʼzolar patologik jarayondan oʻzgarganda kiradi. Koʻpgina infeksion kasalliklar — leptospirozlar, toshmali va qaytalama terlamalar, tulyaremiyada kuzatiladi. Bakteriyemiya ayniqsa ichak infeksiyalari (ich terlama, paratif, salmonellyozlar, brutsellyoz va h. … Читать далее

BAKALAVRIAT

BAKALAVRIAT — koʻp mamlakatlarda oliy taʼlimning dastlabki bosqichi. Oʻzbekistonda Bakalavriat mutaxassisliklar yoʻnalishi boʻyicha fundamental va amaliy bilim beradigan tayanch oliy taʼlimdir. Oʻqish muddati kamida 4 y. Bakalavrlik dasturi tugallangandan soʻng, bitiruvchilarga bakalavr darajasi berilib davlat attestatsiyasi yakunlariga koʻra davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom topshiriladi. Пост Навигацияси

BAYROQ

BAYROQ — 1) tayoq, sim va b. ga mahkamlangan muayyan rang va oʻlchamdagi mato. Oʻrta asrlarda turkiy xalqlar orasida u tugʻa deb atalgan (q. Harbiy bayroq). Oʻrta asrlarda Gʻarbiy Yevropa shaharlarida tabaqa, uyushma va korxona oʻz Bayroq iga ega boʻlgan; 2) davlatning rasmiy ramzi (q. Davlat bayrogʻi). Пост Навигацияси