GANDASOY
GANDASOY — Qashqadaryo viloyati, Yakkabogʻ tumanidagi soy. Yakkabogʻdaryoga chapdan quyiladigan Shoʻrsoyning irmogʻi. Boysun togʻining shim.-gʻarbiy yon bagʻirlaridan oqib tushuvchi 10 ga yaqin mavsumiy suv oqadigan irmoqlarning qoʻshilishidan hosil boʻladi. Uz. 10 km. Qor, yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Gandasoyda asosan bahor oylarida suv oqadi. Пост Навигацияси