UMAROV

UMAROV Faxriddin Asilpoʻlat oʻgʻli (1926.1.9, Qibray tumani) — lirik xonanda va bastakor, Oʻzbekiston xalq hofizi (2002). Ilk musiqa saboqlarini otasidan, soʻng qofizlik sirlarini Asqar Ubaydullayev, Akmalxon va Boboxon Soʻfixonovlardan oʻrgangan. Toshkent konservatoriyasida taʼlim olgan (1950— 53). Oʻzbekiston radioqoʻmitasi (1946— 61), Oʻzbek davlat filarmoniyasi (1961 — 86)da yakkaxon xonanda. Repertuaridan, asosan, kuylarni oʻzi bastalagan qoʻshiq va … Читать далее

UMAVIYLAR

UMAVIYLAR — Yaqin va Oʻrta Sharq, Movarounnahrda xukmronlik qilgan arab xalifalari sulolasi (661 — 750), arablarning Makkadagi quraysh qabilasining umayya urugʻidan kelib chiqishgan. Asoschisi — Muoviya I. U. davrida arablar gʻarbda Shim. Afrika, Pirenei ya. o. ning katta kismi, sharkda Tabariston, Jurjon, Movarounnahr, Sind va b. hududlarni bosib olishgan. Muoviya 1 (661—680) va Abdulmalik davrida … Читать далее

ULKO Grigoriy Ilich

ULKO Grigoriy Ilich (1925.5.4, Novosibirsk viloyati Karasuk tumani Yekaterina qishlogʻi — 1999.8.4, Samarkand) — rassom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1968). Xarkov rassomlik in-tini tugatgan (1958). 1959-y. dan Samarqandda. Ulkoning ijodiy izlanishlari mavzuli kompozitsiyalarda oʻz aksini topdi («Velosipedchilar», «Afsona», «Birinchi reys», 1962); asarlarida zamon ruhi, davr nafasi seziladi, dastgoh va monumental rassomlikning ifoda vositalari uygunlashib … Читать далее

ULUGʻ MUHAMMAD

ULUGʻ MUHAMMAD (? 1445) Oltin Oʻrda xoni (1419—37, tanaffuslar bn), Qozon xonligi asoschisi, Jaloliddinning oʻgʻli, Toʻxtamishning nabirasi. Idiqu (Yedigey) vafotidan soʻng Oltin Oʻrda taxtini egallab, 1419—23 y. larda Oʻzbek ulusiga (Joʻji ulusining sharqiy qismi) ega boʻlish uchun (temuriy Shohrux b-n boʻlgan ittifoqqa suyangan holda) Baroq bilan qattiq kurash olib borgan. Baroqdan magʻlub boʻlgach, 1423-y. Volga … Читать далее

ULANOVA Galina Sergeyevna

ULANOVA Galina Sergeyevna [1909.26.12 (1910.8.1), Peterburg 1998, Moskva] — balet artisti. Xalqartisti (1951). Zamonaviy eng yirik balerinalardan. Leningrad xoreografiya bilim yurtini tugatgan (1928). 1928 — 44 y. lar Leningrad opera va balet teatri, 1944 —60 y. lar Katta teatr (Moskva)da balerina. Odetta — Odilliya («Oqqush koʻli»), Jizel («Jizel»), Julyetta («Romeo va Julyetta»), Zolushka («Zolushka»), Avrora … Читать далее

UYGʻURSOY

UYGʻURSOY — Namangan viloyati Pop tumaniaagm shaxarcha. 1947-y. 31 dek. da tashkil qilingan. Yaqin t. y. stansiyasi — Pop (13 km). Aholisi 1,4 ming kishiga yaqin (2003). Aholisi va xoʻjaliklari Uygʻursoy kanalidan suv oladi. Umumiy taʼlim maktabi, kasbhunar maktabi, mahalliy sanoat korxonasi, kutubxona, aloqa boʻlimi, madaniyat saroyi, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud. … Читать далее

UYBAT CHAATASI

UYBAT CHAATASI — Xakasiya Respublikasi (RF)dagi Uybat st-yasidan 6 km jan. sharqda joylashgan qad. mozorqoʻrgʻon (mil. av. 3a. — mil. 7—8-a. lar). Eng qad. qabrlar tagar madaniyatiga, aksariyati — toshtiq madaniyatja oid. 1936 va 1938-y. lardagi arxeologik qazishmalar (SV. Kiselyov, L. A. Yevtyuxova va b.) chogʻida toshtiq madaniyatiga mansub zodagonlar qabridan (mil. av. 1-a. —mil. … Читать далее

UZUNOYOQLILAR

UZUNOYOQLILAR (Tipulidae) ikki qanotlilar turkumiga mansub hasharotlar oilasi. Tanasi choʻziq (12— 30 mm), qanotlari ensiz uzun, oyoklari nozik va tanasiga nisbatan juda uzun (nomi shundan). 2500 ga yakin turi bor. Qurtlari tuproqdagi yoki suvdagi chiriyotgan oʻsimliklar, suvoʻtlar va yoʻsinlar, baʼzan oʻsimliklar ildizi va yosh barglari bilan oziklanadi. Nam va birmuncha iliq iqlimli hududlarda tarqalgan. Oʻzbekistonda … Читать далее

UZOQLASHTIRUVCHI NERV

UZOQLASHTIRUVCHI NERV — bosh miya nervlarining 6jufti. Miya koʻprigining orqa chekkasidan, koʻprik b-n uzunchoq miyaning piramidasi orasidagi egatdan chiqadi, soʻng koʻz kosasiga keladi va koʻzning tashqi toʻgʻri muskulini innervatsiyalaydi. Uzoqlashtiruvchi nerv zararlanganda tashqi toʻgʻri muskul falajlanganligi sababli, ichki toʻgʻri muskullar koʻz soqqasini ichki tomonga tortib ketadi va gʻilaylikka olib keladi. Пост Навигацияси