ChERNIGOV VILOYATI

ChERNIGOV VILOYATI — Ukraina tarkibidagi viloyat. 1932-y. 7 okt. da tashkil etilgan. Mayd. 31,9 ming km2. Aholisi 1199,1 ming kishi (2004), asosan, ukrainlar, shuningdek, rus, belorus va b. millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 42%. 22 maʼmuriy tumanga boʻlingan, 15 shahar, 31 shaharcha bor. Yirik shaharlari: Chernigov, Priluki, Nejin. Markazi — Chernigov sh. Chernigov viloyati … Читать далее

TURKU

TURKU, Abo — Finlyandiyaning jan. sharqiy qismidagi shahar. TurkuPori lyanining maʼmuriy markazi. Aholisi 172,1 ming kishi (2000). Boltik, dengizining Botnik qoʻltigʻi sohilidagi port. Transport yoʻllarining muhim tuguni. Turkudan Shvetsiyaga parom qatnaydi. Mamlakatning savdosanoat va madaniy markazi. Mashinasozlik (xususan, kemasozlik, elektronika), toʻqimachilik, neftni qayta ishlash sanoati korxonalari mavjud. Unt, muzeylar bor. T. 12-a. oʻrtalarida finlarning shvedlar … Читать далее

NIJNIY NOVGOROD VILOYATI

NIJNIY NOVGOROD VILOYATI — RF tarkibidagi viloyat. 1929-y. 14 yanv. da tashkil etilgan (1932-y. gacha Nijniy Novgorod oʻlkasi, 1936-y. gacha Gorkiy oʻlkasi, 1990-y. gacha Gorkiy viloyati). Rossiya Yevropa qismining markazida, Volganing har ikkala so-hilida joylashgan. Volga-Vyatka iqti-sodiy r-niga kiradi. Mayd. 76,9 ming km2. Aholisi 3657,0 ming kishi (2000). Shahar aholisi 78,2%. 1 km2 ga 48,1 … Читать далее

RUAN

RUAN — Fransiyaning shim. qismidagi shahar. Dengiz boʻyi Sena departamentining maʼmuriy markazi va Normandiya tarixiy viloyatining bosh shahri. Aholisi 108,7 ming kishi (1999). Transport yoʻllari tuguni. Sena daryosi boʻyidagi dengiz porti. Mamlakatning yirik sanoat markazi. Toʻqimachilik, oziq-ovqat, metallurgiya, mashinasozlik (jumladan, kemasozlik), kimyo va neftni qayta ishlash sanoati korxonalari, unt, muzeylar bor. R. — qad. shahar. … Читать далее

BOMONT

BOMONT — AQSH jan. dagi shahar, Neches daryosi boʻyida, Texas shtatida. Aholisi 114 ming kishi (1990, shahar atrofi bilan 360 ming kishi). Dengiz porti (yuk ortib tushirish yiliga 50 mln. t; neft va ximikatlar chetga chiqariladi), kema qatnaydigan kanal orqali Meksika qoʻltigʻi bilan boglangan. AQSH dagi eng yirik neftni qayta ishlash sanoati markazlaridan biri. Neft … Читать далее

ZAMBIYA

ZAMBIYA (Zambia) Zambiya Respublikasi (Republic of Zambia) — Markaziy Afrikadagi davlat. Mayd. 752,6 ming km2. Axoliyey 10,3 mln. kishi (2001). Poytaxti — Lusaka sh. Maʼmuriy jihatdan 9 viloyat (provinsiya)ga boʻlinadi. Davlat tuzumi. 3. — respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiradi. Amaldagi konstitutsiya 1996-y. da qabul qilingan. Davlat boshligi — prezident. U umumiy va toʻgʻri … Читать далее

LITVA

LITVA (Lietuva), Litva Respublikasi (Lietuvos Respublika) — Sharqiy Yevropada, Boltik, dengizi boʻyida joylashgan davlat. Mayd. 65,2 ming km2. Aholisi 3610 ming kishi (2001). Poytaxti — Vilnyus sh. Maʼmuriy jihatdan 44 tuman (rajonas)ra boʻlinadi. Davlat tuzumi. Litva — mustaqil demokratik respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1992-y. da qabul qilingan (1996-y. da oʻzgartishlar kiritilgan). Davlat boshligʻi — prezident (2003-y. … Читать далее

BEYRA

BEYRA — Mozambikdagi shahar, Hind okeani soxilida, Pungve daryosi boʻyida joylashgan. Sofala provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 292 ming kishi (1989). Transport yoʻllari tuguni. Afrika sharqiy qirgʻogʻidagi muhim portlardan biri, mamlakatda Maputudan keyin ahamiyati boʻyicha 2-oʻrinda turadi, qoʻshni davlatlar (Zimbabve va Malevicha ham xizmat qiladi. B. Mutare sh. (Zimbabve)ga boruvchi neft quvurining boshlangʻich punkti. Xalqaro aeroport … Читать далее