MYAO-YAO TILLARI

MYAO-YAO TILLARI — Sharqiy Osiyodagi qarindosh tillarning kam oʻrganilgan guruhi; boshqa til guruhlari yoki oilalari bilan munosabatlari aniq emas. Ehtimol, M.-ya. t. alohida til oilasini tashkil qiladi. Soʻzlashuvchilar miqdori Xitoyda 7 mln. dan, Vyetnamda 1 mln. dan ortiq kishini tashkil etadi. Asosiy tarqalish mintaqasi — Xitoyning markazi va janubi; qisman Vyetnam, Laos, Tailand va Myanma … Читать далее

MIKROIQLIM

MIKROIQLIM (mikro… va iqlim) — yer yuzasiga yaqin havo qatlamining iqlimi; mahalliy iqlim doirasida yer yuzasining kichik farqlari tufayli roʻy beradi. Mas, biron oʻrmonning mahalliy iqlimida oʻrmon ichidagi yalangliklar, oʻrmon chetining Mikroiqlimi, shaharning mahalliy iqlimida ayrim maydonlar, koʻchalar, xiyobonlar, hovlilar Mikroiqlim va h. k. farq qshshnadi. Yer yuzasidan baland kutarilgan sari M. farklari tez yoʻqola … Читать далее

METAN

METAN (kon gazi, botqoq gazi) , SN4 — rangsiz, hidsiz gaz. Mol. m. 16,04. Suvda kam eriydi, etanol, efir, uglerod (1U)-xlorid va uglevodorodlarda eriydi. Metan — toʻyingan uglevodorod qatorining dastlabki vakili boʻlib, boshqa alkanlar singari radikal oʻrin almashinish reaksiyalari (galogenlash, sulfoxlorlash, sul-fooksidlash, nitratlash va b.)ga kirishadi. Metan — tabiiy va kon gazlarining asosiy qismini tashkil … Читать далее

METALLARNI ISHLASH

METALLARNI ISHLASH — metallar va qotishmalarga issiqlik (termik), mexanik, kimyoviy ishlov berishda bajariladigan ishlar majmui. Metallarni termik ishlash — metall va krtishmalarning xossacharini (ichki tuzilishini) oʻzgartirish uchun qoʻllaniladigan amallar: yumshatish, toblash, normallash, boʻshatish, yaxshilash, chiniqtirish, kimyoviytermik ishlash, passivlash. Yumshatish — metallarni maʼlum t-ragacha qizdirib, shu t-rada maʼlum vaqt tutib turgach, asta-sekin, baʼzan, pech bilan birga … Читать далее

MAHALLIY SHAMOLLAR

MAHALLIY SHAMOLLAR — tezligi, takrorlanishi, yoʻnalishi va b. meteoreologik elementlari bilan ajralib turadigan shamollar; Yer yuzasining maʼlum r-nlariga xos boʻladi. Mahalliy shamollarning paydo boʻlishiga sabablar: mahalliy topografiya yoki orografiyaning umumiy sirkulyatsiya oqimlariga taʼsiri natijasi (fen, bora va b.); umumiy sirkulyatsiyasidan qatʼi nazar, mahalliy sirkulyatsiyaning (brizlar, togʻvodiy shamollari) mavjudligi; baʼzida uyurma xususiyatlariga ega boʻlgan konveksiyaning (changli … Читать далее

MARTEN ISHLAB CHIQARISHI

MARTEN ISHLAB CHIQARISHI — marten pechidya choʻyan, temirtersak va temir rudasidan poʻlat ishlab chiqaruvchi tarmoq; qora metallurgiyankt bir sohasi. 19-a. oxirida oldin Fransiyada, keyin Rossiyada tarqala boshladi, keyinchalik taraqqiy etgan mamlakatlarga yoyiddi. Oʻzbekistonda birinchi Marten ishlab chiqarishi 1944-y. da shakllana boshlagan (Bekobod metallurgiya z-dida 1944, 1945 va 1949-y. larda 3 ta marten pechi ishga tushirilgan). … Читать далее

PROSTATIT

PROSTATIT — prostota bezinnnt yalligʻlanishi. Koʻpincha siydik chiqarish kanali (uretra) yalligʻlanganda, soʻzak, uretrit va b. da infeksiya prostata beziga qon va limfa orqali yoki siydik chiqarish kanalidan oʻtishi na-tijasida kelib chiqadi. Prostatitga sovqotish, koʻp jinsiy aloqa qilish, zax joyda oʻtirish, kam harakat qilish kabi omillar sabab boʻlishi mumkin. Oʻtkir va surunkali boʻladi. Oʻtkir Prostatitda bemor … Читать далее

PRERIYALAR

PRERIYALAR (frans. prairie, lot. pratum — oʻtloq) — Shim. Amerikada, asosan, boshokdosh oʻsimliklardan ibo-rat oʻtloklar. Kanadaning janubidan Meksika togʻlarigacha tarqalgan. Oʻzlashtirilmasdan oldin Shim. Amerikada 1 mln. km2 dan, Kanadada 2 mln. km2 dan koʻproq maydonni egallagan. Oʻsimlik qoplamida Yevrosiyo choʻllaridagi singari, asosan, sovuqqa va qurgʻoqchillikka chidamli, chim hosil qiluvchi boshoqlilar dominantlik qiladi. Preriyalarning asosiy qismi … Читать далее

PORAXOʻRLIK

PORAXOʻRLIK — pora olish, pora berish, bu ishda vositachilik qilish kabi mansabdorlikjinoyatlari. Poraxoʻrlik moddiy boylik yoki mulkiy manfaat evaziga muayyan harakatlarni bajarish yoki bajarmaslik bilan tavsiflanadi. Oʻzbekiston Respublikasi JK ga koʻra, u boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar sirasiga kiradi. JK boʻyicha, pora olish deganda mansabdor shaxsning oʻz xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin … Читать далее

MULLA SHODI

MULLA SHODI (16-a.) — tarixchi. Uning hayotiga oid maʼlumotlar juda kam. M. Sh. Shayboniyxonning inisi Maxmud Sulton saroyida xizmat qilgan, fors tilida yozilgan «Fathnoma» asari muallifi. Dostonni Mahmud Sulton topshirigʻiga binoan yozgan. Asarda Shayboniyxonning Samarqandni bosib olguniga qadar Dashti Qip-choq, Movarounnahr va Xorazmdagi hayoti va faoliyati bilan bogʻliq asosiy siyosiy vokealar; Xorazmning toponimikasi, asosan, Vazir … Читать далее