YOZI BILAN ZEBO

«YOZI BILAN ZEBO» — oʻzbek xalq dostoni. Dostonda chorvador Poyondaboyning qizi Zebo bilan xizmatkor Yozining ishqiy sarguzashtlari aks etgan. Mehnat va muhabbat, vafo va sadoqat tuygʻulari, sevgida mard, sabotli boʻlish, inson erki, baxtsaodati uchun kurash gʻoyalari b-n chatishib ketadi. «Yozi bilan zebo bilan 3.» parchalari dehqonchilik bilan bogʻliq ishlarda mehnat qoʻshiqlari sifatida kuylanadi. Doston oʻzining … Читать далее

MANN

MANN (Mann) Genrix (1871.27.3, Lyubek, Germaniya — 1950.12.3, SantaMonika, Kaliforniya) — nemis yozuvchisi. «Ajoyibotlar mamlakatida» romani (1900), «Maʼbudalar» trilogiyasi (1903) da zodagon-yunkerlar monar-xiyasi va reaksion prus mafkurasiga qarshi chikdi. «Razil oʻqituvchi» romani (1905)da maktab tarbiyasining pruschamonarxik tizimini tanqid qilgan. «Katta muhabbat» dramasi (1912)da zi-yolilar takdiri yoritildi. «Imperiya» trilogiyasida («Sodiq fuqaro», 1914; «Kambagʻallar», 1917; «Bosh», 1925) … Читать далее

OʻZBEKISTON MUSULMONLARI IDORASI

OʻZBEKISTON MUSULMONLARI IDORASI — Oʻzbekiston musulmonlariga rahbarlik qiluvchi diniy tashkilot. 1943 yil 20-oktyabrda Toshkentda boʻlib oʻtgan Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari qurultoyida taʼsis etilgan. Toshkentdagi Baroqxon madrasasida joylashgan. Bu tashkilot 1992-yildan Movarounnahr musulmonlari idorasi, deb yuritilgan, 1996-yildan hoz. nomi bilan ataladi. U davlatdan ajralgan mustaqil tashkilot sifatida faoliyat yuritadi. Idora Oʻzbekistondagi musulmonlar oʻrtasida diniy ishlarni … Читать далее

XAMSACHILIK

XAMSACHILIK — Sharq xalklari adabiyotida dostonnavislik shakllaridan biri; «Xamsa» yozish bilan bogʻliq adabiy anʼana. Nizomiy Ganjaviy asos solgan. Ijodkorlar Nizomiy P«anj ganj»ini («Besh xazina») tashkil etuvchi «Mahzan ulasror», «Xusrav va Shirin», «Layli va Majnun», «Haft paykar», «Iskandarnoma» dostonlarining mavzui, syujet va kompozitsiyasi, qaxramonlari, vazni, joylashish tartibini saqlagan holda mustaqil asar yaratganlar. Bu badiiy ijodda katta … Читать далее

FOROBIY

FOROBIY (taxallusi; toʻliq nomi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlugʻ Tarxon Forobiy) (873, Forob sh. — 950, Damashq) — Oʻrta Osiyoning ulug mutafakkiri va qomusiy olimi. Yunon falsafasini chuqur bilgani, unga sharxlar bitganligi va jahonga targʻib qilgani hamda zamonasining ilmlarini puxta oʻzlashtirib, fanlar rivojiga ulkan hissa qoʻshgani uchun «alMuallim assoniy» («Ikkinchi muallim», Aristoteldan keyin), … Читать далее

RAHMAT FAYZIY

RAHMAT FAYZIY (taxallusi; asl ism-sharifi Fayziyev Rahmat, 1918.10.9 — Toshkent — 1988.18.1J) Oʻzbekiston xalqyozuvchisi (1978), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1968). «Lenin uchquni» (hoz. «Tong yulduzi», 1937) va «Yosh leninchi» (hoz. «Turkiston», 1938) gaz. larida ishlagan. 2-jahon urushi qatnashchisi «Frunzeves» (1943), «Kizil Oʻzbekiston» (1944) gaz. lari va «Sharq yulduzi» jur. (1951—54)da boʻlim mudiri, «Oʻzbekiston madaniyati» … Читать далее

PLUTARX

PLUTARX (Plutarchos) (taxm. 46, Xeroneya, Beotiya — taxm. 127) — qad. yunon tarixchisi, faylasuf va yozuvchi. Afinada tahsil olgan. Umrining koʻp qismini ona shahrida jamoat va maʼrifatparvarlik ishlari bilan oʻtkazgan. Platon akademiyasining koʻzga koʻringan aʼzolaridan biri sifatida platonizm gʻoyalarini targʻib qilgan. Ayni paytda muayyan darajada stoitsizm, peripatetizm va, jumladan, pifagoreizm taʼsiri ostida ham qolgan. Plutarx … Читать далее

SANʼATSHUNOSLIK

SANʼATSHUNOSLIK — keng maʼnoda sanʼatni oʻrganadigan ijtimoiy fanlar majmui; umuman olganda jamiyatning badiiy madaniyatini toʻliq holda va sanʼatning alohida turlari, ularning vujudga kelishi va taraqqiyot qonuniyatlari, oʻziga xosligi va voqelikka munosabati, ijtimoiy ongning tarixdagi roli, ijtimoiy hayot va madaniyatning boshqa jarayonlar bilan aloqasi, badiiy asarning mazmun va shakl bilan bogʻliq barcha masalalari yigʻindisini oʻrganadi. S … Читать далее

MONUMENTAL HAYKALTAROSHLIK

MONUMENTAL HAYKALTAROSHLIK — haykaltaroshlikttg meʼmorlik va shaharsozlik bilan bogʻliq turi. Oʻz koʻrinishiga koʻra, dumaloq (mukammal) va/)yelbe0 turlariga boʻlinadi. Monumental haykaltaroshlik asarlari oʻzida katta mazmun ifoda etadi hamda mustaqil ijtimoiy xususiyatga ega boʻlib, bevosita atrof muhit, meʼmoriy binolar bilan uygʻunlashtiriladi. Asarlari uzokdan tomosha qilishga moʻljallanganligi uchun kattakatta, yaxlit shakllardan keng foydalaniladi; maydonlar, istirohat bogʻlari, xiyobonlar, koʻcha … Читать далее

OʻZBEKISTON QIZIL YARIM OY JAMIYATI

OʻZBEKISTON QIZIL YARIM OY JAMIYATI — koʻngilli, insonparvarlik tashkiloti; jamoatchilik asosida faoliyat yuritib, oʻzini oʻzi boshqaradi. 1925 yil tashkil etilgan. Oʻsha paytda sobiq SSSRning Qizil Xoch va Qizil yarim Oy jamiyatlari uyushmasi tarkibiga kirgan. 1992-yildan mustaqil Milliy jamiyat maqomida Oʻ. Q. ya. O. j. Xalqaro Qizil Xoch qoʻmitasi tomonidan eʼtirof etilgach (1995), Xalqaro Qizil Xoch … Читать далее