TEXNOLOGIK XARITA

TEXNOLOGIK XARITA — ayrim turdagi qishloq xoʻjaligi. mahsulotini yetishtirish bilan bogʻliq texnologik ishlar mavjui. Ishlab chiqarish. resurslariga boʻlgan ehtiyojlar, ulardan foydalanish va boshka i. ch. koʻrsatkichlari, shuningdek, belgilangan ishlab chiqarish. dasturini bajarish boʻyicha tashkiliyiqtisodiy tadbirlar aks etgan normativ reja hujjati. Texnologik xarita jadval shaklida boʻlib, unda ketma-ketlikda (odatda xronologik tartibda) barcha turdagi ishlar (qabul qilingan … Читать далее

HAYDALMA YER

HAYDALMA YER, ekin yer — muntazam haydaladigan va foydalaniladigan, odatda turli ekinlar ekiladigan q. x. yerlari (q. Yer fondi). Sugʻorma dehqonchilik mintaqasida Haydalma yer doimiy sugʻoriladigan, shartli sugʻoriladigan va lalmikor yerlarga boʻlinadi. Doimiy sugoriladigan Haydalma yerda ekinning suvga talabi vegetatsiya mobaynida toʻla taʼminlanadi. Shartli sugoriladigan Haydalma yerda oʻsimliklarning suvga boʻlgan talabi qisman (70% gacha) qondiriladi. … Читать далее

CHARM

CHARM — hayvon terisidan yoki sunʼiy xom ashyodan tayyorlanadigan material. Tabiiy va sunʼiy turlarga ajratiladi. Tabiiy Charm hayvonlar: qoramol, ot, qoʻy, echki, choʻchqa, tuya, bugʻu, kiyik, suv hayvonlari, it, ayrim baliq va b. hayvonlarning terisini oshlab tayyorlanadi. Ishlatilishiga qarab, poyabzal, egarjabduq, texnika, kiyimbosh, attorlik uchun moʻljallangan xillarga ajratiladi. Xom ashyo turi, oshlash, pardozlash, tashqi koʻrinishi, … Читать далее

JIZZAX QOʻZGʻOLONI

JIZZAX QOʻZGʻOLONI — Jizzax va uning atrofi aholisining chor mustamlakachilariga qarshi olib borgan milliy ozodlik harakati. Oʻrta Osiyo qoʻzgʻolonitng tarkibiy qismi. Birinchi jahon urushida Rossiya Germaniya va Turkiyaga qarshi kurashida oʻzining noʻnoqligi, uquvsizligi tufayli oʻrinsiz qurbonlar berib, Rossiyaning urushga taraddudi puxta boʻlmaganini koʻrsatdi. Rus qoʻmondonligi urush ogʻirligini mustamlakalar yelkasiga ortib, ularni ayovsiz ezish siyosatiga oʻtdi. … Читать далее

JAMGʻARMALAR

JAMGʻARMALAR — 1) xarajatlardan, chiqimlardan orttirib, tejab toʻplangan pul; 2) kelgusidagi ehtiyojlar uchun daromadning bir qismini ajratib qoʻyish; 3) doimiy badallar va reinvestitsiya yoʻli bilan kapital qoʻyilmalarni pul koʻrinishida jamlash; 4) pul va moddiy vositalarni maʼlum bir maqsad yoʻlida foydalanish uchun jalb etish (maye, pensiya jamgʻarmasi, investitsiya jamgʻarmasi); 5) maʼlum bir faoliyat turiga, kishilarning muayyan … Читать далее

GEOMETRIYA

GEOMETRIYA (geo… va metriya) — mat. ning predmet shakllari va shakliy munosabatlarini oʻrganadigan boʻlimi. Yer oʻlchash bilan bogʻliq ravishda paydo boʻlgan. Nomi shundan. Mas, ochiq silindrsimon idishning shakli, hajmi, sirtining yuzi Geometriya oʻrganish obyektlari, uning rangi yoki qanday moddadan yasalgani esa Geometriyani qiziqtirmaydi. Shuningdek, asosi doyra boʻlsa ham, shaklda ellips bilan tasvirlanishi Geometriyaga mansub munosabatdir. … Читать далее

GUANAXUATO

GUANAXUATO — Meksikadagi shtat, mamlakatning markaziy qismida. Mayd. 30,5 ming km2. Axolisi 4,6 mln. kishidan ziyod (2000). Maʼmuriy markazi — Guanaxuato sh. Meksika togʻligining jan. da, Lerma daryosining yuqori oqimida joylashgan. Yer yuzasi oʻrtacha bal. 1800 m li platolardan iborat, baʼzi choʻqqilarning bal. 3000 m gacha. Iqlimi tropik iqlim. Yillik yogʻin oʻrtacha 500—1000 mm. Qadimda … Читать далее

OQILONA EHTIYOJ

OQILONA EHTIYOJ — resurslar kamyobligi sharoitida ehtiyojlarni qondirish usullaridan biri. Oqilona ehtiyojda eng kam resurslar bilan koʻproq ehtiyej qondiriladi (optimal daraja). Kishilarning ehtiyoji miqdoran muttasil oʻsib boradi. Shu sababli iqtisodiyot ham shunga mos rivojlanishi kerak. Aks holda ehtiyojlar qondirilmay qoladi. Tabiiy boyliklarni, resurslarni koʻproq ishlatish hisobidan ehtiyojlarni qondirish vaktinchalikdir, chunki tabiiy boyliklar, resurslar tugab bor-ganidan … Читать далее

RESURSLAR KAMYOBLIGI

RESURSLAR KAMYOBLIGI — jamiyat hayotida ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladigan resurelarning cheklanganligi va tiklanmaydigan resurslarning tobora kamayib borishi. Resurslarning kamyobligi umumiy hodisa boʻlib, inson ehtiyojlarining cheksizligi bilan resurelarining cheklanganligi oʻrtasidagi nomutanosiblik iqtisodiyotning azaliy muammosidir. Ekiladigan yerlarning, yer osti va yer usti boyliklarining, mehnatga yaroqli aholi sonining cheklangan boʻlishi, energiya resurelarining yetishmasligi va b. da koʻrinadi. Mac, … Читать далее

KENIYA

KENIYA (Kenya), Keniya Respublikasi (Republic of Kenya) — Sharqiy Afrikadagi davlat. Mayd. 582,6 ming km2. Axrlisi 30,7 mln. kishi (2001). Poytaxti — Nayrobi sh. Maʼmuriy jihatdan 7 viloyat (province)ra va poytaxt okrugiga boʻlinadi. Davlat tuzumi. Keniya — respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlikka kiradi. Amaldagi konstitutsiyasi 1969-y. da qabul kilingan, keyinchalik tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — … Читать далее