MUBOSHIR

MUBOSHIR (arab. — ish yurituvchi) — biror ishga boshchilik qiluvchi, boshqaruvchi, boshliq. 1) Somoniylar va saljuqiylar davrida amir va sultonlarning ishonchli kishisi; 2) Usmonli turk imperiyasida markaziy davlat idorasidan viloyatlarga har xil topshiriklar b-n yuboriladigan vakil; 3) 17—18-a. larda Buxoro xonligida markaziy davlat idorasining moliya devonidagi amaldor; 4) Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida markaziy davlat … Читать далее

MODDIY FAROVONLIK

MODDIY FAROVONLIK — jamiyat, ayrim kishilar va ijtimoiy guruxlarning moddiy neʼmatlar bilan taʼminlanganligi; kishilar moddiy ehtiyojlarining krndirilish darajasi. Gʻarb mamlakatlari amaliyotida Moddiy farovonlik aholi daromaddari darajasi bilan bogʻlanib, aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot (YAIM) koʻrsatkichi asosida izohlanadi. Moddiy farovonlikni xalqaro taqqoslashlar uchun ham YAIM koʻrsatkichi qabul qilingan. Biroq, YAIM mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining muhim koʻrsatkichi … Читать далее

MARKAZIY BANK

MARKAZIY BANK — 1) mamlakatning pul belgilarini emissiya qilish (pul bosib chiqarish) va tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish huquqi berilgan bosh davlat banki. Markaziy bank «banklarning banki» boʻlib, pul muomalasini tartibga solishda va byudjetni boshqarishda davlatga va hukumatga yordam beradigan organ hisoblanadi. Pul emissiyasini amalga oshirish, davlatning oltin-valyuta zaxiralarini saqlash, bank tizimini kreditlash, hukumat va … Читать далее

MARATHALAR DAVLATI

MARATHALAR DAVLATI — 17-a. ning 2-yarmi va 19-a. boshida Maharashtra (Hindiston)da mavjud boʻlgan davlat. Maharashtraning aholisi musulmon yer egalari tomonidan gʻoyat jabrlangan. Ular shu bois boburiylar hukmronligiga qarshi ozodlik harakatlari boshlagan. Bu qoʻzgʻolonga Shoxji, soʻngra uning oʻgʻli Shivaji boshchilik kilgan. 1674-y. da mustaqil Marathalar davlati tuzilgan. Marathalar davlatini markazlashtirish maqsadida bir necha maʼmuriy islohot oʻtkazilgan, … Читать далее

MANJURLAR

MANJURLAR, manchjurlar, (oʻzlarini manzu deb atashadi) — xalq, umumiy soni 10 mln. kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Asosiy qismi XXRning shim.-sharqiy qismi Dunbey (Manjuriya) da yashaydi. Tili — Oltoy moʻgʻul-tungus tiliga mansub, 16-a. dan moʻgʻul yozuviga ega. Dindorlari — buddizm, daosizm va b. dinlarga eʼtiqod qiladi. Hozirda Manjurlar orasida xitoy tilida soʻzlashish keng tarqalgan, manjur tili … Читать далее

MAMBETOVA

MAMBETOVA Suluvxon (1933.1.1, Chimboy) — qoraqalpoq aktrisasi va xonandasi. Qoraqalpogʻiston (1963), Uzbekiston (1969) xalq artisti. Nukus musiqaxoreografiya bilim yurtining vokal boʻlimini tugatgan (1967). Chimboy tuman teatri aktrisasi (1948 — 50), Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston davlat filarmoniyasi (1950—67), Qoraqalpogʻiston radio va televideniyesining xalq cholgʻulari orkestri (1967-y. dan) yakkaxon xonandasi. Shirali, ifodaviy imkoniyatlarga boy ovoz sohibasi. Repertuaridan qoraqal-poq … Читать далее

MALDIV

MALDIV (Dhivehi Rajjge) , Maldiv Respublikasi (Dhivehi Rajjeyge Jumhooriyya) — Jan. Osiyoda, Hind oke-anining shim.-gʻarbiy qismidagi Maldiv o. larida joylashgan davlat. Shri Lanka o. ningjan. garbida. Mayd. 298 km2. Aholisi 310,7 ming kishi (2001). Poytaxti — Male sh. Maʼmuriy jihatdan 20 orollar guruhiga boʻlinadi. Davlat tuzumi. Maldiv — respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibida. Amaldagi … Читать далее

MAʼMURIY-HUDUDIY TUZILISH

MAʼMURIY-HUDUDIY TUZILISH — unitar davlat hududi yoki federativ davlat subyektlari hududining maʼlum qismlar (viloyatlar, guberniyalar, de-partamentlar va sh. k.)ga boʻlinishi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimi ana shu boʻlinishga muvofiq tuziladi va ish olib boradi. Bunday boʻlinish idora etishning kulay, davlat organlariga aholikg. ng yaqin boʻlishini, i. ch. ni samarali tashkil qilishni nazarda tutib amalga oshiriladi. … Читать далее

MEHTAR

MEHTAR (fors. — ulugʻ, janob) — saroy mansablaridan biri. Somoniylar davlatida boobroʻ shaxslar, davlat arkonlari. Baʼzi manbalarda Mehtar «qishloq oqsoqoli» yoki «otboqar, sayis» — maʼnolarida ham qoʻllanilgan. Buxoro xonligida Mehtar hukmdorga yaqin 4 davlat mansabdorlaridan ikkinchisi boʻlib, baʼzan u oliy farmonga muvofiq, saroyga otdan tushmagan holda kirishga haqli hisoblangan. Mehtar zimmasiga zakotdan, shuningdek, tovar, aqcha, … Читать далее

MOʻGʻULLAR DAVLATI

MOʻGʻULLAR DAVLATI — 13-a. ning 1-yarmida Chingizxon va uning vorislarining istilochilik urushlari natijasida barpo etilgan davlat. 1206-y. bahorda Moʻgʻulistondagi turli toifa qabilalar sardorlarining qurultoyida Temuchin xon etib tayinlangan va unga «Chingizxon» («Ulugʻ xon») deb nom berilgan, tashkil etilgan davlat «Yakka mongol ulus» deb atalgan. Chingizxon hokimiyatni mustahkamlash yoʻlida bir qancha islohotlar oʻtkazgan. Jumladan, ming oilani … Читать далее