PISKOM ZILZILASI

PISKOM ZILZILASI — 1937-y. 18 dek. soat 13 dan 18 min. oʻtganda sodir boʻlgan. Zilzila markazi Piskom to-gʻining aholi kam yashaydigan shim. qismida 20 km chuqurlikda joylashgan. Epitsentrda zilzila kuchi 8 ball bilan qayd etilgan, magnitudasi 6,0. Zilzilaga yer qaʼridagi togʻ jinslarining Piskom uzilmasi boʻylab bir-biriga nisbatan shim.-sharqdan jan.-gʻarbga tomon siljishi sabab boʻlgan. Yer ustida … Читать далее

TURSUNQULOV

TURSUNQULOV Hamroqul (1892, hoz. Fargʻona tumani Vodil qishlogʻi — 1965.9.8, Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumani Shoʻralisoy qishlogʻi; Toshkent sh. da Chigʻatoy qabristoniga dafn etilgan) — qishloq xoʻjaligi. ishlab chiqarishi tashkilotchisi. 3-marta Mehnat Qaxramoni (1948, 1951, 1957). Fargʻona viloyati Chimyon volost ijroiya qoʻmitasi raisi (1922—23), Chimyon rn «Qoʻshchi» uyushmasi raisi (1925), Fargʻona viloyati Oltiariq tumanida «Birlik» va … Читать далее

FARGʻONA TUMANI

FARGʻONA TUMANI — Fargʻona viloyatidagi tuman. 1926-y. 29 sent. da tashkil qilingan. 1962-y. 24 dek. da Quva tumaniga qoʻshib yuborilgan. 1964-y. 22 fev. da qayta tuzilgan. Shim. dan Margʻilon va Fargʻona sh. lari, sharqdan Quva tumani va Quvasoy sh., jan. sharq va jan. dan Qirgʻiziston Respublikasi, shim. gʻarbdan. Oltiariq tumani bilan chegaradosh. Mayd. 0,62 ming … Читать далее

CHIMYONSOY

CHIMYONSOY — Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi soy. Chirchiq daryosining chap irmogʻi. Uz. 17 km, xavzasining mayd. 39,3 km2, havzasining oʻrtacha bal. 1635 m. Katta Chimyon togʻining gʻarbiy yon bagʻridan 2000 m balandlikdagi buloqdan boshlanadi. Chimyonsoy boshlanish qismida yon bagʻirlari baland darasimon tor vodiyda va toshloqoʻzanda oqib, nisbati kengroq Chimyon soyligiga chiqadi (soylikning tubi gʻovak jinslardan … Читать далее

CHIMYON CHOʻQQISI

CHIMYON CHOʻQQISI, Katta Chimyon choʻqqisi — Gʻarbiy Tyanshanning Chatqol tizmasidagi choʻqqi. Katta Chimyon togʻida. Toshkentdan 80 km sharqda. Chimyon choʻqqisini shim. dan Chatqol, sharqdan Oqbuloq daryolari (Chatqolning chap irmogʻi), jan. va gʻarbdan Chimyonsoy vodiylari oʻrab turadi, bal. 3309 m. Atrofdagi hududlardan tik koʻtarilgan. Asosan, paleozoy davri ohaktoshlaridan tashkil topgan. Choʻqqining yon bagʻirlari koʻplab soylar bilan … Читать далее

HUVAYDO

HUVAYDO (taxallusi; asl nomi Xoʻjanazar Gʻoyibnazar oʻgʻli) (? — Oʻsh sh. — 1780/81, Fargʻona viloyati Chimyon qishlogʻi) — shoir, tasavvuf sheʼriyatining yirik vakili. Qoʻqon madrasalarida oʻqigan. Qishlogʻida maktab ochib, uzoq vaqt maktabdorlik qilgan, kosiblik bilan ham shugʻullangan. Otasi Gʻoyibnazar soʻfi Qash-qardagi Ofoqxoʻja eshonning muridlaridan boʻlgan, Chimyonda masjid va xonaqolar qurdirib, eshonlik qilgan. Huvaydo devonida keltirilgan … Читать далее

CHIMYON ZILZILASI

CHIMYON ZILZILASI — 1982-y. 6 may kuni Fargʻona vodiysining Chimyon shaharchasi atrofida roʻy bergan. Avvaliga portlashga oʻxshash tovush eshitilgan va bir zumda yer qattiq silkinib, hamma joyda changtoʻzon koʻtarilgan. Togʻlarda oʻprilish, koʻchki va tosh koʻchish jarayonlari boshlangan. Zilzila markazi Langar qishlogʻida (Oxunboboyev tumani) boʻlib, kuchi 7—8 ballga yetib, magnitudasi 5,8 boʻlgan. Zilzila oʻchogʻining chuq. 20 … Читать далее

GAN Pavel Viktorovich

GAN Pavel Viktorovich (1894.29.6, hoz. Sebej sh., Rossiyaning Pskov viloyatida — 1967.29.1, Toshkent) — manzarachi rassom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1965). 1928-y. da Oʻrta Osiyoga kelib, Samarqandda, 1935-y. dan Toshkentda yashagan. Respublika rassomlik bilim yurtida darc bergan (1936— 57). Asarlarida Oʻzbekistan, xususan Boʻstonliq manzaralari («Chirchiq vodiysida», 1952; «Togʻ oqshomi», «Oqshom», 1956; «Chimyon etagida», 1957) … Читать далее

OYBEK

OYBEK (taxallusi; asl ism-sharifi Musa Toshmuhammad oʻgʻli; 1905.10.1 — Toshkent — 1968.1.7) — shoir, yozuvchi, adabiyotshunos olim va jamoat arbobi. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1965), Oʻzbekiston FA akademigi (1943). Hunarmand-boʻzchi oilasida tugʻilgan. Dastlab Oqmasjid mahallasidagi eski maktabda (1911—17), soʻng Munavvarqori Abdurashidxonov tashkil etgan «Namuna» maktabida (1918—21) boshlangʻich maʼlumot oladi. Shundan keyin Navoiy nomidagi taʼlim va tarbiya … Читать далее

TULKIQUYRUQ

TULKIQUYRUQ (Prangos Lindl.) , yugʻon — soyabonguldoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtlar turkumi. Oʻzbekistonda Ohangaron vohasi va Chimyon togʻlarida koʻproq xashakbop Tulkiquyruq yoki shashir (P.pabularia) va Chimyon Tulkiquyruqi (P.tschimganica B. Fedtsch.) uchraydi. Xashakbop Tulkiquyruqning boʻyi 2 m ga boradi. Iddizi yoʻgʻon, silindrsimon, poyasining yuqori qismi qalqonsimon, shoxlangan; shoxlari qaramaqarshi yoki halqasimon joylashgan. Yaproklari 40 sm … Читать далее