FITRAT

FITRAT (taxallusi; asl ismsharifi Abdurauf Abdurahim oʻgʻli) (1886, Buxoro — 1938,4,10, Toshkent) — yozuvchi, tarixchi, adabiyotshunos, tilshunos, sanʼatshunos va siyosatshunos olim, davlat va jamoat arbobi. Birinchi oʻzbek prof. (1926). Mir Arab madrasasipe. tahsil koʻrgan. 1902—03 y. larda haj safari munosabati bilan Turkiya, Hindiston va Arabiston mamlakatlarida, taxm. 1906—08 y. larda esa Markaziy Rossiyaning Moskva, Peterberg … Читать далее

OʻZBEK DAVLAT SAYYOR KONSERT ETNOGRAFIK TRUPPASI

OʻZBEK DAVLAT SAYYOR KONSERT ETNOGRAFIK TRUPPASI — Oʻzbekistonda ilk professional ashula va raqs ansambli. 1926 yil Oʻzbekiston xalq maorifi komissarligi qoshida M. Qoriyoqubov tashabbusi bilan va uning rahbarligida tashkil etilgan. Unda xalq sanʼati bilimdonlari hamda yosh isteʼdodli sozanda, xonanda va (raqqosa) lari toʻplangan. Ansamblning dastlabki tarkibida Abduqodir naychi Ismoilov, Ahmadjon qoʻshnay Umrzoqov, Usta Olim Komilov, … Читать далее

XATTI BOBURIY

«XATTI BOBURIY» («Bobur xati») — Zahiriddin Muhammad Boburttt risolasi va shu risolada ilgari surilgan xat turi. «Xatti Boburiy» arab alifbosi asosida tuzilgan boʻlsada, bu alifbodan baʼzi jihatlari bilan ajralib turadi. Ammo bu ham arab alifbosi singari 29 harfdan iborat. Risolada Bobur arab alifbosini tahrir qilib, yozuvni soddalashtirish va osonlashtirish yoʻlidan boradi va shu maqsadda uni … Читать далее

XALIFALIK

XALIFALIK — 7—8-a. larda arab istilolari natijasida Arabiston ya. o., Yaqin va Oʻrta Sharq, Shim. Afrika, Ispaniya, Markaziy Osiyo va Kavkazortini oʻz ichiga olgan davlat (q. Arab xalifaligi). Ibn Xaldutshng yozishicha, «johiliya arablari» faqat diniy sifatdagi (paygʻambarlik, valiylik, kohinlik va h. k.) hokimiyatni tan olganlar. Shuning uchun ham hijratdan soʻng (622-y.) Madinada barpo boʻlgan va … Читать далее

OʻN IKKI MAQOM

OʻN IKKI MAQOM, Oʻn ikki maqom tizimi — 13—17-asrlarda Oʻrta va Yaqin Sharq mamlakatlari kasbiy musiqa amaliyotida qoʻllangan nazariyamaliy tizim. Ustoz musiqachi va olimlarning bastakorlik va xalq ijodiyoti namunalarini muayyan taʼlimot (tasavvuf) asosida maʼnaviy va badiiy yaxlit holga keltirish ustida olib borgan izlanishlari natijasida yuzaga kelgan. Dastlab Safiuddin alUrmaviy va Qutbiddin Sheroziylarning musiqaga doir asarlarida … Читать далее

OʻN IKKI IMOM

OʻN IKKI IMOM — shialikdagi asosiy oqim — imomiylar (baʼzan «oʻn ikkichilar» — «isnoashʼariya» deb ataladi) oʻrtasida eʼtiqod qilinadigan imomlar sulolasi. Xalifa Ali bilan Fotimadan tarqalgan avlodlardan iborat. Ular paygʻambar avlodi deb eʼtirof etiladi. Imomiylar ularni islomning qonuniy rahnamolari deb tanib, xalifalar hokimiyatini gʻayriqonuniy deb hisoblaydi. Bular — Ali ibn Abu Tolib, Hasan, Husayn, ZaynalObidin … Читать далее

SURIYA

SURIYA, Suriya Arab Respublikasi (Al-Jumhuriya al-Arabiya as-Suriya) — Jan. Gʻarbiy Osiyodagi davlat. Oʻrta dengizning sharqiy sohilida joylashgan. Mayd. 185,2 ming km2. Aholisi 17,2 mln. kishi (2002). Poytaxti — Damashq sh. Maʼmuriy jihatdan 14 viloyat (muhofaza)ga boʻlinadi. Davlat tuzumi. Suriya — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1973-y. 12-martda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident (2000-y. dan Bashar Asad), … Читать далее

SULTON MUXAMMAD NUR

SULTON MUXAMMAD NUR (1472 — 1530) — xattot, nastaʼliq xati ustasi. Sulshonali Mashhadiynmng shogirdi. Hirotda Navoiy homiyligida xattotlik sanʼatini oʻrgangan, ijodini ham Navoiyning shaxsiy kutubxonasida boshlagan, turli majlislarda ishtirok etgan. Asosan, Hirotda ijod kilgan, maʼlum muddat Buxoroda ham boʻlgan. Navoiy uning sanʼatini yuqori baholab, oʻz davrida «hech kim mayda nastaʼliq xati yozishda unga teng kelmagan», … Читать далее

SAYQALIY

SAYQALIY, Hisoriy, Sobiriy (taxalluslari; ismi Sobir) (1730 — Hisor — 1798) — shoir. «Qissai Ibrohim», «Rangnomai imom Muhammad Hanafiya», «Ahtamnoma», «Ravzat ushshuhado» kabi diniydidaktik asarlari bor. Ularda Sharkda mashhur ayrim syujetlar qisqa bayon etilgan. Gʻazal, muxammas, musaddas, musamman va masnaviylarida zamonasidan, haqsizlik va qashshoqlikdan shikoyat qilgan, insonni, uning sevgisini ulugʻlagan. Sayqaliy ijodida ishqiysarguzasht mazmundagi «Bahrom … Читать далее

UYGʻONISH DAVRI

UYGʻONISH DAVRI, Renessans — Markaziy Osiyo, Eron, Xitoy (912 va 15-a. lar), Gʻarbiy Yevropada yuz bergan alohida madaniy va tafakkuriy taraqqiyot davri. «Renessans» atamasi dastlab Italiyadagi madaniymaʼnaviy yuksalish (14—16-a. lar)ga nisbatan qoʻllanilgan, uni oʻrta asrchilik turgʻunligidan yangi davrga oʻtish bosqichi deb baholaganlar. Renessansning asosiy alomatlari: tafakkurda va ilmu ijodda dogmatizm, jaholat va mutaassiblikni yorib oʻtib, … Читать далее