XUMS

XUMS (arab. — beshdan bir) — islom anʼanasida musulmon qoʻshinlari qoʻlga tushirgan oʻljalarining (q. Gʻanimat) beshdan bir qismi. Uni avval Muhammad (sav) ixtiyoriga, keyinchalik xalifalar xazinasiga (q. Bayt ulmol) ajratilgan, qolgan qismini harbiy boshliqyaar oʻzlari va lashkarlarga taqsimlaganlar. Bu qoida ilk islom davridayoq Qurʼon oyatlarida (8: 42) bayon etilgan va shu asosida amalga kiritilgan, u … Читать далее

XUDOYBERGAN MUHRKAN

XUDOYBERGAN MUHRKAN (1822 Xiva — 1920) — xattot, naqqosh, bastakor. Toʻp quyuvchi usta Muhammad Panohning oʻgʻli. Otasidan toʻp quyushni, xattot usta Ermon xalfadan xattotlikni, muhrkan usta Islom xoʻjadan muhrkanlikni oʻrgangan. Xudoybergan muhrkan xon saroyida devon lavozimida ishlagani uchun «devon», davlat zarbxonasida tanga pullar uchun qoliplar va muhrlar yasagani uchun «muhrkan» nomlariga sazovor boʻlgan. Xudoybergan muhrkan … Читать далее

OʻZLOQSHOH

OʻZLOQSHOH, Qutbiddin Oʻzloqshoh (? — 1221) — Muhammad Xorazmshohning kenja oʻgʻli. Onasi bayot qabilasidan boʻlgan. Turkon xotunnshnt sevimli nabirasi. Uning istagi bilan Muhammad Xorazmshoh Oʻ. ni oʻziga valiahd qilib belgilab, Xorazm, Xuroson va Mozandaronni bergan edi. Biroq moʻgʻullar istilosi davrida Xorazmshoh oʻlimi oldidan Jaloliddin Manguberdinm taxt vorisi etib tayinlaydi. Oʻzloqshoh va akasi Oqshoh Jaloliddin bilan … Читать далее

XOTUN

XOTUN, qatun — xoqon xotini va hukmdor ayolga nisbatan qoʻllanilgan turkiy unvon. Dastlab, hunlar davrida (mil. av. 3 — mil. 3-a. lar) qayd etilgan. Turk xoqonligi davrida (6—8-a. lar) xoqondan keyin 2darajada turuvchi unvon. Xotunlar toʻra asosida xoqon bilan birgalikda hokimiyatni boshqarishgan. Tarixda turkiy hukmdorlarning bir necha xotini boʻlganligi, faqat ulardan biri — bosh X. … Читать далее

XORAZMSHOHLAR DAVLATI

XORAZMSHOHLAR DAVLATI — qadimgi davrdan 13-a. oʻrtalariga qadar Xorazm hududida hukmronlik qilgan sulolalar (siyovushiylar, afrigʻiylar, maʼmuniylar, oltintoshlar, anushteginiylar). X. d. ni xorazmshohlar boshqargan. Markazi, asosan, Amudaryoning quyi oqimida joylashgan boʻlsa ham, rivojlangan davrlarida, ayniqsa, 13-a. boshlarida shim. da Kaspiy dengizining shim. sohillari, jan. da Hindukush togʻlari, sharqda Qashqargacha yetgan. Arxeologik maʼlumotlar Koʻzaliqir, Kuyqirilgan qalʼa, Tuproщalʼa, … Читать далее

XORAZM MAʼMUN AKADEMIYASI

XORAZM MAʼMUN AKADEMIYASI, Maʼmuniylar akademiyasi — Xorazmda 10-a. oxiri — 11-a. boshlarida faoliyat koʻrsatgan ilmiy muhit. Maʼmuniylar davlati (992—1017) tarixi bilan bevosita bogʻliq. Siyosiy, iqtisodiy, harbiy qudratga erishgan xorazmshoxlar davlati mamlakatni birlashtirish, unda tartib oʻrnatish boʻyicha tadbirlarni boshlab yuborgan. Kun tartibida davlat ichki va tashki siyosatini olib borishda mafkuraviy masalalarni hal qilish turgan. Ali ibn … Читать далее

XATTOTLIK

XATTOTLIK (arab. — husnixat yozuvchi) , kalligrafiya — yozuv (xat) sanʼati, kitob koʻchirish hamda meʼmoriy inshootlar, badiiy buyumlarning kitobalirini yaratish kasbi. Yozuvning paydo boʻlishi natijasida yuzaga keldi. Ayniqsa, arab yozuvining keng tarqalishi tufayli Xattotlikning rivojlanishi jadallashdi. Sharqda, jumladan, Oʻrta Osiyoda kitob bosish vujudga kelguniga qadar qoʻlyozma kitob tayyorlash, ularning nusxalarini koʻpaytirish (matn koʻchirish) bilan xattotlar … Читать далее

FUZULIY Muhammad Sulaymon

FUZULIY Muhammad Sulaymon (1498 Karbalo sh., Iroq 1556) — ozarbayjon shoiri va mutafakkiri. Ozarbayjon, fors va arab tillarida ijod qilgan. Otasi Bayet kabilasidan boʻlib, 15-a. oxirlarida Ozarbayjondan Bagʻdodga koʻchib borgan. Bagʻdod madrasalarida tahsil olib, oʻzi ham mudarrislik qilgan. Uzoq vaqt Bagʻdodda yashagan. Ozarbayjon hukmdori shoh Ismoil 1 Safaviy va Turkiya sultoni Sulaymon 1 Qonuniy shoirni … Читать далее

XANDAQ JANGI

XANDAQ JANGI — Muhammad (sav) paygʻambar tarafdorlari (300 kishi) tomonidan Madinani makkaliklardan himoya qilish janglaridan (627-y.) biri. Makkaliklar rahbari Abu Sufyon 10 mingga yaqin askari bilan Madinani qamal qilgan. Sahobalardan biri eronlik Salmon alForsiy (655-y. v. e.)ning maslahatiga koʻra Muhammad paygʻambar shu paytgacha arablarga nomaʼlum boʻlgan, biroq forslarga maʼlum boʻlgan jang usullaridan biri — xandaq … Читать далее

XUSRAVONIY

XUSRAVONIY (fors. shohlarga mansub) — Oʻrta Osiyo va Eron qad. bastakorlik sanʼati, xususan, Borbad ijodiga nisbat etilgan musiqiy asarlar turkumi. Dastlab, 7 qismdan iborat boʻlib, 7 xil pardada kuylanuvchi shohona (jasorat, mardlik va b.) mavzularga oid (ayrimlari «Avesto» matnlaridagi) qoʻshiklardan tuzilgan. Keyinroq bular asosida oʻzga mavzular qamrovidagi turkumli asarlar yuzaga kelgan (mas, «Arus Ganji» — … Читать далее