TASHTDOR

TASHTDOR — Saljuqiylar, Xorazmshoxlar davlatida (12—13-a. lar) sulton xammomlari va hovuzlarining boshligʻi. Tashtdorning qoʻl ostida bir necha gʻulom boʻlgan. Ular qukmdorga juda yaqin odamlar boʻlishgan. Mac: Saljuqiylar sultoni Malikshoh (1072—92)ning Tashtdori — xorazmshohlar sulolasi asoschisi Anushtegin boʻlgan; Alouddin Muhammad oʻz Tashtdori Ayozni malik darajasiga koʻtarib ixtiyoriga 10 ming otliq lashkar bergan. Ayozga yana jallodlik xizmatini … Читать далее

UMAR

UMAR ibn al-Xattob al-Foruq (taxm. 585—644) — dastlabki toʻrt xalifadan ikkinchisi (hukmronlik yillari 634—644). Islomni taxm. 616-y. qabul qilgan. Muhammad (sav)ning yaqin safdoshlaridan biri, u olib borgan barcha janglarda qatnashgan. Abu Bakr oʻlimidan avval Umarni oʻz oʻrniga tavsiya etgan. Umarning xalifalik davrida islom Iroq, Suriya, Misr, Liviyaga tarqaldi. Eron hududlari xalifalikka qoʻshildi. Arab-musulmon saltanati tarkib … Читать далее

ULUGʻBEK

ULUGʻBEK (taxallusi; asl ismi Muhammad Taragʻay) [1394.22.3, Sultoniya sh., Eron Ozarbayjoni — 1449. 27.10, Samarqand] — buyuk oʻzbek astronomi va matematigi, davlat arbobi. Shohruxning oʻgʻli, Amir Temurnint nabirasi. Sohibqironning «besh yillik yurish»ida (1392—96) Irokdagi Mordin qalʼasini qamal qilish chogʻida tugʻilgan. Sharafuddin Ali Yazdiy «Zafarnoma» asarida yozishicha, Amir Temur huzuriga chopar kelib Ulugʻbekning tugʻilgani va munajjimlar … Читать далее

UBAYDULLAXON II

UBAYDULLAXON II, Ubaydullo Muhammad Bahodirxon (1681 — Buxoro — 1711.16.3) — Buxoro xoni (1702—11), ashtarxoniylar sulolasidan. Subhonqulixonning oʻgʻli. Buxoroda Madrasa tahsilini olgan. Subhonqulixon vafoti arafasida valiahd qilib nevarasi Balx hokimi Muhammad Muqimxonni tayinlaydi. Birok, Buxoro ulamolari va qoʻshinning madadiga tayangan U. II Buxoro taxtini egallaydi (1702-y. sent.). Balx hokimi Muhammad Muqimxonning otaligʻi hisoblangan Mahmud qatagʻon … Читать далее

UMMA

UMMA (arab, ummat — maʼlum dinga eʼtiqod qiluvchilar jamoasi) — Madinada Muxammad (sav) izidan borgan va islom dinini qabul qilgan kishilar jamoasi. Muhammad ummati deyilganda ana shu jamoa aʼzolari tushunilgan. Keyinchalik ummat umuman musulmonlar mazmunida talqin etilgan. Пост Навигацияси

IBN TAYMIYA

IBN TAYMIYA, Taqiy ad-din Ahmad (1263, Harron, Suriya — 1328, Damashq) — hanbaliylik mazhabiga mansub faqih va ilohiyotchi olim. 1269-y. otasi oilasi b-n Damashqqa koʻchib oʻtadi. Ibn Taymiya dastlab otasi asos solgan Sukkariya madrasasida taʼlim oladi, soʻng 21 yoshida shu madrasaga oʻzi mudarrislik qiladi. 1296-y. Damashkdagi Hanbaliya madrasasida saboq berdi. 1306—12 y. larda Misrda yashadi. … Читать далее

FOTIMA

FOTIMA (taxm. 605/606, Makka 632/633, Madina) — Muhammad (sav) ning kenja qizi. Fotimaga eʼtiqod qilish shialar oʻrtasida keng tarqalgan. Shia imomlar va musulmon mamlakatlaridagi koʻpchilik sulolalar (idrisiylar, fotimiylar, saʼdiylar va b.), shuningdek, barcha sayyidlgr Fotima va uning eri Ali ibn Abu Tolib avlodlari deb hisoblanadi. Fotima goʻzal boʻlgani uchun nomiga Zahro ismi ham qoʻshib aytiladi. … Читать далее

FIRQA

FIRQA (arab. — guruh, toʻda) — islomiy eʼtiqodga doir bir yoki bir necha masala yuzasidan maxsus fikrga ega boʻlgan kishilar guruhi; maktab, jamoa. Muhammad (sav) tomonidan musulmonlar jamoasi 73 (yoki 72) Firqaga boʻlinib ketadi, deb bashorat kilingan. Musulmon tarixchilari diniysiyosiy guruxlar, ilohiyot maktablari, jamoa va b. oʻrtasida qatʼiy chegara qoʻymay, Firqani musulmonlar jamoasi boʻlinadigan birliklardan … Читать далее

NORINJON BOBO MAJMUASI

NORINJON BOBO MAJMUASI — Qoraqalpogʻiston (Ellikqalʼa tumani) dagi meʼmoriy yodgorlik (10—18-a. lar). Majmua qad. qalʼa oʻrnidagi qab-riston markazi — Norinjon bobo maqbarasi atrofida turli davrlarda ziyoratxona, sharqiy maqbara (14-a.), xonaqoh ayvon, qalandarxona (18-a.) va b. qoʻshimcha xonalar qurib barpo etilgan. Norinjon bobo haqidagi aniq maʼlumotlar saqlanmagan. Maqbaradagi qabrtoshga «Bu oqil, obid, Alloh yoʻlida doimiy roʻzador, … Читать далее

NODIRA

NODIRA (taxallusi; ismi Moxlaroyim) (1792, Andijon —1842, Qoʻqon) — shoira, maʼrifatparvar va davlat arbobi. «Komila» va «Maknuna» taxalluslari bilan ham sheʼrlar yozgan. Otasi Andijon qokimi Rahmonqulbiy — ming qabilasidan, Fargʻona hukmdori Olimxonning togʻasi. Olimxon ukasi Umarxonga Margʻilon hokimligini beradi va uni 1807-y. da Nodiraga uylantiradi. Nodira shu xonadonda sheʼr yezishni mashq qiladi, shoira Uvaysiy bilan … Читать далее