HAVO

HAVO — gazlar, asosan, Yer atmosferasini tashkil etuvchi azot va kislorodningtabiiy aralashmasi. Havo va suv taʼsirida Yer sirtida muhim geologik jarayonlar sodir boʻladi, ob-havo va iqlim shakllanadi. Havo deyarli barcha tirik organizmlarning yashashi uchun zarur kislorod manbaidir (q. Aeroblar, Nafas). Yoqilgʻining Havoda yonishidan odamlar oʻz turmush va i. ch. ehtiyojlari uchun zarur issiqlik olishda qadimdan … Читать далее

ION ALMASHTIRUVCHI SMOLALAR

ION ALMASHTIRUVCHI SMOLALAR — yuqori molekulali sintetik (polimer) organik ionitlar. Ular erimaydi, elektrolit eritmalari organik erituvchilarda chegaralangan miqdorda boʻkadi, suvli va suvsiz organik erit-malarda ion almashtiradi. Ionitlarning umumiy tasnifga muvofiq, Ion almashtiruvchi smolalar kation almashtiruvchi (polikislotalar), anion almashtiruvchi (poliasoslar) va amfoter yoki bipolyar (poli-amfiliotlar) turlarga boʻlinadi. Kation almashtiruvchi smolalar kuchli va kuchsiz kislotali, anion almashtiruvchi … Читать далее

TURGʻUNBOYEVA

TURGʻUNBOYEVA Mukarram (1913. 31. 5, Fargʻona — 1978.26.11, Toshkent) — raqqosa, baletmeyster, oʻzbek ommaviy sahna raqsining asoschisi. Oʻzbekiston xalq artisti (1937). Fargʻona ped. bilim yurtida oʻqib, havaskorlik toʻgaragida qatnashgan. 1928-y. konkurs asosida etnografik ansamblga qabul qilingan. 1929-y. M. Qoriyoqubov yordamida Samarkand davlat musiqali teatrining yordamchi guruhiga ishga kirgan. 1929—33 y. larda teatr aktrisasi, ham teatr … Читать далее

TRIPSIN

TRIPSIN — ovqatni hazm qiddiradigan ferment; gidrolazalar sinfiga kiradi. Tripsin meʼda osti bezida hosil boʻladi. Ichakda oqsilni parchalaydi. Tripsinning mol. m. taxm. 22680. T. preparatlari jarohatlanganda, kuyganda, tromboz va b. ni davolashda baʼzi ferment va antibiotiklar bilan birga qoʻllanadi. Пост Навигацияси

STIROL

STIROL (feniletilen, vinilbenzol, etinil benzol, sinnamen) , S6N5SN=SN2 — aromatik uglevodorod, oʻziga xos hidli rangsiz suyuqlik. Mol. m. 104,14. Suyuqlanish t-rasi —30,628°, qaynash t-rasi 145,2°, zichligi 906 kg/ m3 (20° da). Metanol, etanol, atseton, efirlar, uglevodorodlar, sirka kislotada eriydi, suvda erimaydi. Oʻzi ham koʻpchilik organik moddalarni yaxshi eritadi. Oʻsimlik smolasi (stiraks) da, natural gaz va … Читать далее

TERT

TERT — yem (kepak, kunjara) va dagʻal ozuqa (xashak, somon va b.)ning aralashmasi. Xashak suvda 2 — 3-marta yuvilib, 25% gacha yem va mol boshiga 30 g osh tuzi qoʻshilgach, aralashtiriladi, iliq (40 — 50°) suvda 2 — 3 soat ivitib qoʻyiladi. Echki va qoramolga beriladi. Пост Навигацияси

BOZOR

BOZOR — 1) sotuvchilar bilan xaridorlar oʻrtasidagi tovar ayirboshlash munosabatlari; i. ch. bilan isteʼmolni oʻzaro bogʻlovchi mexanizm. B. obyekti nafligi bor tovar va xizmatlar, subyekti esa Bozor ishtirokchilari (sotuvchi va xaridorlar) boʻlib, ular firmalar, uy xoʻjaliklari, davlatning tashkilot, idoralari va b. dan iborat. Bozor ishtirokchilari tovar va xizmatlarni pul vositasida ayirboshlash yuzasidan munosabatlarga kirishadilar. Bozorda … Читать далее

GLYUKAGON

GLYUKAGON — meʼda osti bezining Langergans orolchalari a-hujayralarida hosil boʻladigan polipeptid gormon. Organizmda moddalar almashinuvini tartibga solishda ishtirok etadi. Mol. m. 3485,29, aminokislotalar qoldigʻidan tuzilgan. Glyukagon qonda insulin taʼsirida glyukoza miqdorining kamayib ketishiga qarshi taʼsir koʻrsatadi va shu yoʻl 6-n qonda qand miqdorini rostlab turishda qatnashadi. Glyukagon toza kristall holda olingan. Пост Навигацияси

BOʻRDOQIGA BOQISH

BOʻRDOQIGA BOQISH — q. x. hayvonlarini goʻshti uchun boqib semirtirish, qisqa muddatlarda sifatli va eng koʻp mikdorda goʻsht olishni taʼminlaydigan texnologik jarayon; qoramol, choʻchqa, qoʻy, parrandalar, quyon va b. boʻrdoqiga boqiladi. Boʻrdoqiga boqishning iqtisodiy koʻrsatkichlari hayvon turi, zoti, jinsi, yoshi, sogʻligʻi holati, boqim darajasi va ozuqa mukammalligiga bogʻliq. Qoramolchilikda Boʻrdoqiga boqish usuli goʻsht mahsulotiga qoʻyiladigan … Читать далее

GAZ DOIMIYSI

GAZ DOIMIYSI — ideal gazning holat tenglamasiya&t universal fizik kattalik. R bilan belgilanadi. Xalqaro birliklar tizimida L=8,314 J/ (K-mol)= 1,987 kal/(Kmol). Gaz doimiysining fizik maʼnosi: 1 mol ideal gazni izobarik ravishda (oʻzgarmas bosimda) G qizdirilganda u bajaradigan ishga teng kattalik. Пост Навигацияси