MELIORANSKIY Platon Mixaylovich

MELIORANSKIY Platon Mixaylovich (1868.18.11 — Sankt Peterburg — 1906.16.5) — rus sharqshunosi, turkiyshunos va moʻgʻulshunos. Sankt-Peterburg untining sharq tillari f-tida tahsil olgan (1887—91); arab, fors, moʻgʻul va turkiy tillarni yaxshi bilgan. 1894— 1906-y. larda Sankt-Peterburg untining sharq tillari f-tida privatdotsent, prof. Melioranskiyning 2 qismdan iborat «Qozoqqirgʻiz tilining qisqacha grammatikasi» (1894—97) asari bor. «Kosho-Soydamdagi qadimiy turkiy … Читать далее

MAHMUD YALAVOCH

MAHMUD YALAVOCH, Mahmud Xorazmiy (? — 1254, Pekin) — Chingizxon xizmatida boʻlgan xorazmlik savdogar. Chingizxon tomonidan Muhammad Xorazmshoh huzuriga elchi boʻlib kelganligi uchun yalavoch (elchi) laqabi bilan mashhur. Mahmud Yalavoch qoraxitoylar xizmatida ham boʻlgan (1211). Chingizxon savdo-sotiqqa katta eʼtibor berib, karvon yoʻllarining bexatarligini taʼminlash bilan birga musulmon savdogarlariga hurmati baland boʻlgan. Shu tufayli Moʻgʻulistonga kelib … Читать далее

MAHDIYCHILAR QOʻZGʻOLONI

MAHDIYCHILAR QOʻZGʻOLONI — Sudanda ingliz mustamlakachilari, Turkiya, Misr hukmronligiga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻolon (1881—98). Unga mahdiylik asoschisi Muhammad Ahmad Maxdiy (uning oʻlimidan keyin Abdulloh ibn al-Said Muhammad; 7—1899) rahbarlik qilgan. Qoʻzgʻolon jarayonida mahdiychilar mamlakatning koʻp qismini egallashgan. Sudanning jan. dagi qabilalar ham qoʻzgʻolon koʻtarib, chet el qoʻshinlarini quvib chiqarishda qoʻzgʻolonchilarga yordam berganlar. Tez orada butun mamlakatdan … Читать далее

MAROKASH

MAROKASH, Marokash Podshohligi (Al-Mamlaka al-Magʻribiya yoki AlMagʻrib al-Aksa, maʼnosi — uzoq gʻarb) — Afrikaning shim.-gʻarbidagi davlat. Mayd. 446,5 ming km2. Aholisi 30,6 mln. kishi (2001). Poytaxti—Rabot sh. Maʼmuriy jihatdan 18 viloyat (vilay)ga boʻlinadi. Davlat tuzumi. Marokash — konstitutsiyali monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1972-y. da qabul qilingan, unga 1992 va 1996-y. referendumlarda qabul qilingan oʻzgartirishlar kiritilgan. Davlat … Читать далее

TUNIS

TUNIS, Tunis Respublikasi (AlJumxuriya atTunisiya) — Shim. Afrikada joylashgan davlat. Mayd. 164,2 ming km2. Aholisi 9,8 mln. kishi (2002). Poytaxti — Tunis sh. Maʼmuriy jihatdan 25 viloyatga bulinadi. Davlat tuzumi. Tunis — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1959-y. 1-iyunda qabul qilingan, unga keyinchalik tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (1987-y. dan Zayn alObidin bin Ali), u umumiy … Читать далее

TUMAN OGʻO MAJMUASI

TUMAN OGʻO MAJMUASI — Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (14 — 15-a. lar). Shohizinda ansambli tarkibida. Majmua Amir Temurning xotini Tuman ogʻo begim nomi bilan bogʻlangan. Tuman ogʻo majmuasi maqbara, masjid, hujralar va chortokdan iborat, turli davrlarda bunyod etilgan. Bezaklari 15a. boshlarida ishlanib, uning yaxlitligini taʼminlagan. Maqbara xochsimon tarhli, moviy gumbazli, poygumbazi baland qilib qurilgan. Izorasi yorqin … Читать далее

SAHOBALAR

SAHOBALAR (arab. — hamroh, doʻst) — Muhammad (sav)ning safdoshlari, yaqin yordamchilari. Keyinchalik Muhammad (sav)ni loaqal bir marotaba, garchi goʻdaklik chogʻida boʻlsa ham koʻrgan barcha kishilar Sahobalar deb atala boshlagan. S. Arabistondan tashqaridagi oʻlkalarni fath etishga kirishgan ilk musulmon qoʻshinining oʻzagini tashkil etgan. Sahobalarning oliy qatlamini muhojirlar va ansorlar tashkil qilgan, ular dastlabki xalifalarni saylashga taʼsir … Читать далее

SAMARQAND MUDOFAASI

SAMARQAND MUDOFAASI (1220) moʻgʻullar istilosi davrida shahar aholisining qaxramonona kurashi. 1220-y. 10 fev. da Chingizxon Buxoroni egallagach (q. Buxoro mudofaasi), oʻz qoʻshinini xorazmshohlar davlatining 2poytaxti boʻlgan Samarqandni egallash uchun tashlaydi. Muhammad Xorazmshoh S. m. ga alohida eʼtibor qaratgan. Shahar mudofaasida 110 ming jangchi, 20 ta jangovar fil turgan. Samarqand mudofaasiga Togʻayxon, Borsmasxon, Sirsigʻxon, Ulokxon (Oʻltonxon), … Читать далее

TOJIKISTON

TOJIKISTON (Tochikiston), Tojikiston Respublikasi (Chumhurii Tochikiston) — Oʻrta Osiyoning jan. sharkida joylashgan davlat. Mayd. 143,1 ming km2. Aholisi 6578,5 ming kishi (2002). Poytaxti — Dushanba sh. Maʼmuriy jihatdan Togʻli Badaxshon muxtor viloyati, 2 viloyat va 45 tumanga boʻlinadi. Davlat tuzumi. Tojikiston — respublika, unitar demokratik ijtimoiyhuquqiy davlat. Amaldagi Konstitutsiyasi 1994-y. 6 noyab. da kabul kilingan. … Читать далее

TEMURIYLAR TARIXI DAVLAT MUZEYI

TEMURIYLAR TARIXI DAVLAT MUZEYI — Toshkentdagi Amir Temur xiyoboni yaqinida bunyod etilgan tarix muzeyi (1996). Muzey binosi oʻrta asr meʼmorligi anʼanalari asosida aylana tarxli, tomi gumbazli qilib, maxsus temirbetondan yaxlit supa ustiga qurilgan. Bino 3 qavatli, bal. 31 m (diametri — tashqi tomoni 70 m, ichkisi 50 m), uni qurishda temir ustun, gʻisht, turli beton … Читать далее