POSHSHOXOJA

POSHSHOXOJA, Poshshoxoʻja Abdulvahobxoja oʻgʻli, Xoja (1480, Niso — 1547, Buxoro) — shoir, davlat arbobi va yirik ulamo. Otasi — Abdulvaxrbxoja Sulaymonxoja oʻgʻli oʻz davrining yirik tasavvuf shayxi va shoiri boʻlgan. Poshshoxoja Niso va Marv mad-rasalarida taxsil olgan. Muhammad Shayboniyxon qozoq xonlari ustiga qilingan harbiy yurishdan qaytayotganda Nisoda toʻxtab, Poshshoxojani Durun viloya-tiga hokim qilib tayinlaydi (1508-y. … Читать далее

XADICHA

XADICHA bint Xuvaylid (555/556 — 620/621) — Muhammad (sav)ning birinchi xotini. U beva qolgan boy xotin boʻlgan. Muhammad (sav) avval Xadichaning savdo ishlarini boshqargan, keyinchalik unga uylanib, uning mablagʻlari bilan savdogarlik qilgan. X. Muhammad (sav) ga koʻp gʻamxoʻrlik va mehribonlik koʻrsatgan. Muhammad (sav) ning paygʻambarligiga birinchi boʻlib ishongan va islomni qabul qilgan. U Muhammad (sav) … Читать далее

KOʻLI MALIK JANGI

KOʻLI MALIK JANGI — Bobur b-n shayboniylar oʻrtasidagi jang (1512-y. 28 apr.). Bobur 1511-y. Hisorni oladi, shu yil yozida Buxoroni egallab, okt. boshida Samarqandni qoʻlga kiritib, oʻz nomiga xutba oʻqittiradi. Buxoro hokimi Ubaydulla sulton (q. Ubaydul-laxon), Samarqand hokimi Suyunchxoʻjaxon, Muhammad Temur sulton, Koʻchkun-chixon va Jonibek sultonpar Turkistonga qochadilar. Biroq, Ubaydulla sulton qoʻldan ketgan hududlarni yana … Читать далее

KUTUBXONA

KUTUBXONA — bosma va ayrim qoʻlyozma asarlardan ommaviy foydalanishni taʼminlovchi madaniy-maʼrifiy va ilmiy muassasa; muntazam ravishda bosma asarlar toʻplash, saqlash, targʻib qilish va kitobxonlarga yetkazish, shuningdek, axborot-bibliografiya ishlari b-n shugʻullanadi, ommaning madaniy saviyasini oshirishda faollik koʻrsatadi. Kitobxonlarga xizmat koʻrsatish Kutubxonaning asosiy faoliyati boʻlib, qolgan barcha faoliyatlar (kitob fondini butlash va uni tashkil etish, fond mazmunini … Читать далее

TERMIZIY Abu Iso

TERMIZIY Abu Iso, Imom Termiziy (toʻliq nomi Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Muso ibn Zaxdok Sullamiy Bugʻiy Termiziy) (824, Termiz — 892, Bugʻ qishlogʻi, hoz. Sherobod tumani) — buyuk muhaddis. Sullamiy deb nisbat berilishiga sabab bobolaridan biri sullam degan arab qabilasiga doʻst tutingan, Bugʻiy deyilishiga sabab oʻsha vaqtdagi But nomli qishloqda vafot etib, shu … Читать далее

OYSHA

OYSHA (613—678) — Muhammadning xotini, birinchi xalifa Abu Bakrnkyat qizi. Laqabi Siddiqa, unvoni Ummun-moʻminun (Moʻminlar onasi) dir. Muhammad (sav) vafotidan keyin Oysha xalifalik hokimiyatiga nomzodlar oʻrtasidagi munozaralarda paygambarning safdoshlari Talha va Zubayr tomonida turib, Ali tarafdorlariga qarshi chiqqan. O. Muhammad (sav) umrining oxirigacha u bilan birga yashagani tufayli juda koʻp hadislarning roviysi hisoblanadi. Sahobalar baʼ-zi … Читать далее

POLIGRAFIYA SANOATI

POLIGRAFIYA SANOATI — bosma mahsulotlar (kitob, gazeta, jurnal, geografiya xaritalari, plakat, blan-kalar, etiketka va b. matbaa mahsulotlari), bosma shakllar (muhr va turli shtamplar) ni yasash va maketlarni tayyorlaydigan korxona (bosmaxona)lar tarmogʻi; noshirliknish moddiy-texnika bazasi. Oʻzbekiston hududida Poligrafiya sanoatining ilk korxonalaridan 1-toshbosma Xivaxoni Muhammad Raqimxon II (Feruz)nint tashabbusi bilan 1874-y. da (Xiva) ish boshlagan. Unda maxalliy … Читать далее

FOTIMIYLAR

FOTIMIYLAR — Yaqin Sharqda hukmronlik qilgan ismoiliylar xalifalari sulolasi (909—1171). Nasablari Muhammad (sav)ning qizlari Fotimata borib taqaladi. Fotimiylar davlati Tunisda barpo etilgan. 10-a. oʻrtalarida F. Shim. Afrikaning butun hududi va Sitsiliyani, 969-y. Misrni, 10-a. oxiri — 11-a. boshida esa Suriyani tobe etganlar (yana q. Fotimiylar xalifaligi). Пост Навигацияси

PIRMUHAMMADXON

PIRMUHAMMADXON (? – 1567.12.3) – Balx hokimi (1546-67). Shayboniylarryan. Jonibek Sultonnint oʻgli. Pirmuhammadxon davrida Balx hokimligi kuchayib, toʻliq mustaqil xonlikka aylangan. Buxoro xoni Abdulaziz (1540—50) Balxning mustaqilligiga barham berish maqsadida katta harbiy yurishga otlangan, biroq bu safar uning vafoti tufayli qoldirilgan. Buxoro taxtiga Muhammadyor Sulton oʻtqazilgan. Pirmuhammadxon taʼziya izhor etish uchun Buxoroga kelib, turli nayranglar … Читать далее

PANISLOMIZM

PANISLOMIZM (pan… va islom) — 19-a. oxirida butun musulmon olamini mustamlakachilarga qarshi kurashdi birlashtirish toʻgʻrisidagi harakatga Rossiya va Angliya imperiyalari, shuningdek. SSSR tomonidan berilgan sunʼiy nom. 19-a. da Kursaviy, Marjoniy, Ahmad Donish kabi yirmk ulamolar va maʼri-fatparvarlar islom dinini isloh qilish fikri bilan chiqib. muayyan dasturlar tuzishgan. Ularnish bu fiqolari Buxoroda ayrim mutaassib jamolarning jiddiy … Читать далее