MAVLUD

MAVLUD, mavlid annabiy (arab. — tugʻilish, paygʻambarning tugʻilgan kuni) — Muhammad paygʻambarning tugʻilgan kuni bilan bogʻliq bayram. Rabiulavval oyining 12kuni nishonlanadi. Musulmon mamlakatlarida Mavlud kuni duolar, paygʻambar shaʼniga madhiyalardan iborat sheʼrlar oʻqiladi, sadaqalar beriladi, ruhoniylarning yigʻilishlari oʻtkaziladi. Пост Навигацияси

SAHIHI TERMIZIY

«SAHIHI TERMIZIY», «Sunani Termiziy» — 6 ta ishonchli hadis toʻplamidan biri. Abu Iso Muhammad Termiziy yozgan. «alJomiʼ assaqih» («Ishonarli toʻplam»), «alJomiʼ ulkabir» («Katta toʻplam») nomlari bilan ham yuritiladi. «Sahihi Termiziy» Termiziyning 20 y. davomida oʻzga yurtlarda hadislarni oʻrganib, yigʻib, soʻng ustozi va zamondoshi Buxoriy bilan maslahatlashib yiqqan toʻplamidir. U tartibi eng ixchamligi, takrori eng ozligi … Читать далее

TOʻRA

TOʻRA, toʻru (tora, toru) — 1) qonun, qoida, intizom, urfodat. Qad. turkiylar ijtimoiy hayotini tartibga solgan majburiy qoida (norma)lar majmui. Turkiy davlatlarda hukmdorning burch va majburiyatlari, vazifasi, shuningdek, jamiyatdagi huquq va jazoni belgilash Toʻra asosida amalga oshirilgan. Toʻra soʻzi «qonun» maʼnosida ilk bor xitoy yilnomalarida (4-a.) uchraydi. Shuningdek, UrxunEnisey bitiktoshlarida Turk xoqonligining qonunlari sifatida tilga … Читать далее

OYDOʻSTBIY

OYDOʻSTBIY (? – 1828) – Xiva xonligida koʻtarilgan qoraqalpoqlar qoʻzgʻo-loni rahbari, nufuzli bimlardan; qoʻngʻirot qoraqalpoklari, keyinchalik butun qoraqalpoqlap sardori. Muhammad Amin inoq, Muhammad Rahim I va Olloqulixonlarnkng yaqin mahramlaridan boʻlgan. Oydoʻstbiyga qoʻshin tutish, qoraqalpoqlar orasidagi janjalli ishlarni hal etish, soliklarni yigʻib olish huquklari berilgan. Oydoʻstbiy poytaxt — Xivaga kelganda, uni «biybobo» deb hurmat qilib, turli … Читать далее

ERA

ERA (lot. — ayrim son, boshlangʻich raqam) , davr — 1) biror yil hisobining boshi va shunday yil hisobi tizimi. Boʻlib oʻtgan biror voqea yoki afsonaviy voqea-hodisa bilan bogʻliq holda tasavvur qilingan. Mas, xristianlarning milodiy yil hisobi (q. Milod) Iso (Iisus Xristos)ning tugʻilgan kunidan, musulmonlarning hijriy yil hisobi Muhammad (sav)ning Makkadan Madinaga hijrat qilgan yili, … Читать далее

XIVA ICHAN QALʼA MUZEYQOʻRIQXONASI

XIVA «ICHAN QALʼA» MUZEYQOʻRIQXONASI, Xiva «Ichan qalʼa» tarixiymeʼmorlik muzeyqoʻriqxonasi — Xiva sh. dagi muzeyqoʻriqxona; Xorazmning qad. moddiy va madaniy yodgorliklarini, avloddanavlodga oʻtib kelayotgan oʻziga xos anʼanalarini saklash, oʻrganish va targʻib qilish bilan shugʻullanadigan madaniymaʼrifiy muassasa. 1920-y. Koʻhna Ark (Arzxona)da koʻrgazmamuzey tarzida ochilgan; 1924-y. Toshhovlita koʻchirilgan. 1969-y. dan Xorazm tarixiyinqilobiy muzeyi «Ichan qalʼa» muzeyqoʻriqxonasi bilan birlashtirilib, … Читать далее

XUJAYEV

XUJAYEV Lovar (Leonid) (1932.5.6, Toshkent) — chavandoz. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (1964). Muhammad Xoʻjayevning oʻgʻli. 1941-y. dan akrobatika uyinlarida ishtirok etgan. 1951-y. dan opasi Lola Xoʻjayeva bilan «qoʻshaloq grotesk» tomoshasini tayyorlab, chopayotgan ot ustida yakka va juft tryuklarni, bir-biriga qarab chopayotgan ikki ot ustida murakkab mashklarni bajarishgan. Пост Навигацияси

OʻRTA OSIYO

OʻRTA OSIYO — Yevrosiyo materigining oʻrta qismida, gʻarbda Kaspiy dengizi qirgoqlaridan sharqda Xitoy chegarasigacha, shim. da Gʻarbiy Sibir tekisligidan, jan. da Nishopur, Safedkoʻh va Hindukush togʻlarigacha choʻzilgan yirik tabiiy geografik oʻlka. U materik ichkarisida, Atlantika okeanidan 4 ming km, Shim. Muz okeanidan 2,5 ming km, Tinch okeandan 5,5 ming km va Hind okeanidan 1 ming … Читать далее

KIMYO

KIMYO, ximiya — moddalarning tuzilishi va oʻzgarishini oʻrganadigan fan. K. boshqa fanlar qatori inson faoliyatining mahsuli sifatida vujudga kelib, tabiiy ehtiyojlarni qondirish, zaruriy mahsulotlar i. ch., biridan ikkinchisini xrsil qilish va, nihoyat, turli hodisalar sirlarini bilish maqsadida roʻyobga chiqdi. Odamlar qadimda rudalardan metallarni ajratib olish, turli xil qotishmalar tayyorlash va qoʻllash, jumladan, shisha tayyorlash va … Читать далее

QOʻQON XONLIGI

QOʻQON XONLIGI — oʻzbek xonliklaridan biri (18—19-a. lar). Poytaxti — Qoʻqon. Minglar urugʻidan boʻlgan Shohruxbiy 1709-y. da asos solgan. Bu davlat tarkibiga dastlab Qoʻqon, namangan. Margʻilon, Konibodom, isfara va ularning atrofidagi qishloqlar kirgan. Abdurahimbiy davrida Buxoro xonligiga harbiy yurish qilinib Samarqand egallanadi (1732). Abdulkarimbiy davrida 1746-y. qalmoqlar Fargʻona vodiysiga hujum qilib, Oʻsh, Andijon, Margʻilon sh. … Читать далее