BIOTEXNOLOGIYA

BIOTEXNOLOGIYA (bio… va yun. techne — mahorat, sanʼat, logos — soʻz, taʼlimot) — q. x., sanoat va tibbiyotning turli sohalarida tirik organizm va biologik jarayonlardan foydalanadigan sanoat usullari majmui. Biol. va texnika imkoniyatlarini birlashtiradigan ilmiy yoʻnalish. «Biotexnologiya» terminining vujudga kelishiga Stenford un-ti (AQSH; 1973) bir guruh olimlarining har xil xossaga ega irsiy molekulalarini biriktirib rekombinant … Читать далее

BILIRUBIN

BILIRUBIN — 1lot. bills oʻt (safro) va ruber — kizil], C33H63O4N4 — oʻt (safro)ning qizilsargʻish pigmenti; mol. m. 584,68. Qoʻngʻir kristall modda. Gemoglobinning parchalanishidan vujudgakeladi. Asosan jigarda ishlanib, oʻt bilan ichakka, qisman qonga oʻtib turadi. Biliverdinning fermentlar taʼsirida qaytarilishi yoʻli bilan hosil boʻladi. Umurtqali hayvonlar va odamning qon zardobida ozroq miqdorda Bilirubin bor. Oʻt yoʻllarida … Читать далее

HOLAT DIAGRAMMASI

HOLAT DIAGRAMMASI, muvozanat diagrammasi, fazoviy diagramma — fizik-kimyoviy sistemaning tarkibi va holat parametrlari orasidagi munosabatning geomet-rik ifodasi. Holat parametrlari — termodinamik sistema holatini ifo-dalaydigan fizik kattaliklar (t-ra, bosim, solishtirma hajm, magnitlanganlik, elektr qutblanish va h. k.). H. d. bir yoki koʻp komponentli moddaning muvozanat holatini geometrik tarzda ifodalaydi. Bu holat bir fazali, ikki fazali va … Читать далее

HAMIDOVA

HAMIDOVA Manzura (1914.8.3 – Toshkent — 1998.4.10) — Oʻzbekiston xalq artisti (1969). Dastlab Toshkentdagi ishchi-yoshlar teatri (1934—36), Termiz teatri (1936—41), Muqimiy teatr (1941—43)larida ishlagan. 1943-y. dan umrining oxirigacha Yosh tomo-shabinlar teatrida aktrisa. Muqimiy teatrida yaratgan «Arshin mol olon» (U. Hojibekov) dagi Gulchehra, «Far-hod va Shirin» (Xurshid)dagi Mohin-bonu, «Nomus va muhabbat» (K. Yashin) dagi Onaxon, «Gulsara» … Читать далее

DIMETILANILIN

DIMETILANILIN, C6H5N(CH3) 2 – uchlamchi aromatik amin. Mol. m.121. Rangsiz suyuqlik, qavoda oksidlanib, qoʻngʻir rangga kiradi. Qaynash t-rasi 192,5—193,5°, suyuklanish t-rasi 2,5°. Suvda deyarli erimaydi, organik erituvchilarda eriydi. Dimetilanilin sanoat miqyosida anilin bilan metil spirtdan (sulfat kislota ishtirokida) olinadi. Dimetilanilin boʻyoqlar (malaxit koʻki) sintezida, rangli fotografiyada va portlovchi moddalar (mas, tetril) i. ch. da keng … Читать далее

METIL SPIRT

METIL SPIRT (metanol , karbinol, yogoch spirti) , SN3ON — rangsiz, suv b-n yaxshi aralashadigan suyukdik, eng oddiy bir atomli spirt, etil spirtinikiga oʻxshash hidi bor. Mol. m. 32,04. Zichligi 791,4 kg/m3 (20°da), qaynash t-rasi 64,5°, atseton, benzol va uglerod (1U)-xlorid b-n aze-otrop aralashma hosil qiladi. Kuchsiz asos va yanada kuchsiz kislotalik xossalarini namoyon qiladi. … Читать далее

MELAMIN

MELAMIN (2,4,6-triamino — 1,3,5tri azid ) , S3N6T6 — rangsiz kristall modda. Mol. m. 126,13. Suyuqlanish t-rasi 364°, zichligi 1571 kg/m3. Sovuq suv va koʻpgina organik erituvchilarda erimaydi. Melamin sanoatda ammiak muhitida ditsiandiamidni 180—500° gacha qizdirib olinadi. Melamin melamin-formaldegid smolalar, ion almashinuvchi smolalar, korroziya ingibitorlari olishda, xlormelaminlar antiseptik va oqartiruvchi vositalar sifatida qoʻllanadi. Пост Навигацияси

PIROLIZ

PIROLIZ (yun. rug — olov va…liz) — pirogenetik jarayonlardan biri; murakkab moddalarni ularga havo bermay (koʻpincha katalizatorlar b-n) yuqori t-ra taʼsirida oddiy moddalarga parchalash. Piroliz texnikada, mas, neftni qayta haydashda (benzin miqdorini oshirish va aromatik uglevodlardan olish uchun) keng qoʻllanadi. Neftni maxsus pechlarda 600—750° gacha qizdirganda uglevodorodgacha boʻlgan mol. m. si kichik birikmalar hosil boʻladi; … Читать далее

PIRIDIN

PIRIDIN, C5H5N — rangsiz, oʻziga xos xidli organik suyuklik. Mol. m. 79,1, suyuklanish t-rasi —42,7°, kaynash t-rasi 115,3°, zichligi 981,9 kg/m3 (20° da). Suv va koʻpchilik organik erituvchilar bilan har qanday nisbatda aralashadi. Kuchsiz asos, kislotalar bilan tuzlar hosil qiladi. Toshkoʻmir smolasidan olinadi. Boʻyagichlar sintezida, dorivor moddalar va insektitsidlar olishda, erituvchi sifatida ishlatiladi. Hosilalari, mas, … Читать далее

PIPERIDIN

PIPERIDIN (geksagidropiridin, pentametilenimin) , C5H,,N — rangsiz suyuklik. Mol. m. 85,15. Suyuqlanish t-rasi —9°, qaynash t-rasi 106,4° (760 mm sim. ust.). Suv va koʻpchilik organik erituvchilarga yaxshi aralashadi. Suv bilan azeotrop aralashma (qaynash t-rasi 92,8°, massasiga nis-batan 35% suv) hosil qiladi. Kuchli asos, yogʻ aminlari xossalarini namoyon qiladi. Degidrogenlanib piridinta aylanadi. Piridinni katalitik gidrogenlab yoki … Читать далее