OXUR

OXUR — chorva mollari (qoʻy, echki, sigir, ot)ga yem-xashak (pichan, silos, aralash ozuqa) beriladigan moslama (idish). Katta-kichikligi, yuza-chuqurligi mollarning soniga, yoshiga, turiga, boqilish usuliga qarab belgila-nadi. Asosan yogʻochdan yasaladi, baʼzan metall, plastmassa, betondan ham qurilishi mumkin. Oxurning bir tomonlama (mollar faqat bir tomondan ov-qatlanadigan), ikki tomonlama, umumiy va aloqida-alohida, muqim (statsionar) va koʻchma xillari boʻladi. Yilqichilik fermarlarida devorga osib qoʻyiladigan Oxur xam boʻlishi mumkin. Zamonaviy fermalarda, asosan, avtomat oxur qoʻllanadi. Parrandachilik fer-merlarida don-dun va suv tushib turishiga moslangan avtomat-O. dan foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x