OTATURK

OTATURK (asl ismi Mustafo) , Mustafo Kamol, Kamol Posho (1881, Saloniki — 1938.10.11, Istanbul) — Turkiya Respublikasi asoschisi va birinchi prezidenti (1923—38), qarbiy sarkarda. Turkiyada familiya joriy qilingach, Buyuk millat majlisi tomonidan unga Otaturk familiyasi berilgan (1934).

Turli harbiy maktablar va Istanbul Bosh shtab akademiyasini (1905) tugatgan. Shom (Suriya), Falastin, Sa-lonikida zobit sifatida harbiy xizmatni oʻtagan (1905—09). Salonikida uning siyosiy faoliyati boshlangan. Dastlab, Yosh turklarnit «Ittihod va taraqqiy» partiyasiga aʼzo boʻlgan (1908), keyinchalik ulardan asta-sekin uzoqlashgan. ItaliyaTurkiya urushi (1911-12), 2-Bolqon urushi (1913), 1-jahon urushida qatnashgan. 1919-y. 19-mayda Istanbuldan Anatoliya (Onadoʻli)ga kelgan. Arzirum va Sivas kongresslari (1919-y. iyul—sent.)ga rahbarlik qilib, turk xalqini ingliz va grek (keyinchalik arman) bosqinchilariga qarshi ozodlik urushiga chaqirgan. Sivas kongressida u Anatoliya va Rumeli Mudofaa huquq jamiyati (Vakillik komiteta) raisi qilib saylangan.

Otaturk boshchiligida mamlakatda Kamolchilar inqilobi avj olgan. Istanbul inglizlar tomonidan ishgʻol qilin-gach (1920-y. 16 mart), barcha vatanpar-var kuchlar uning atrofida toʻplangan. Anqarada yangi parlament — Turkiya Buyuk millat majlisi (TBMM) cha-qirilib, unga Majlis va hukumat raisligiga saylangan (1920-y. 23 apr.). Ingliz va grek bosqinchilariga qar-shi kurashda turk armiyasining qoʻmondoni. Biroq, Istanbul hukumati Otaturk va uning safdoshlarini osiy deb eʼlon qilgan va sirtdan oʻlim jazo-siga hukm etgan. Sakariyo daryosi boʻyida bosqinchilar ustidan qozonilgan gʻalaba (1921-y. 23 avg. — 13 sent.)dan soʻng unga marshal unvoni va gʻoziy nasabi berilgan. 1922-y. oxirida turk armiyasi Otaturk rahbarligida toʻliq gʻalabaga erishgan.

Otaturk irodali siyosatchi, mohir qoʻmondon, kuchli notiq boʻlgan. Otaturk tashabbusi bilan Usmonli turk sultonligi tugatil-di (1922-y. 1 noyab.), Turkiya respublika deb eʼlon qilindi (1923-y. 29 okt.), xalifalik bekor etildi (1924-y. 3-mart). Davlat boshqaruvi tubdan oʻzgartirilib, siyosat, iqtisodiyot, madaniyat va harbiy sohada chuqur islohotlar oʻtka-zilgan. Mamlakat taraqqiyotining us-tuvor yoʻnalishlarini belgilab beruvchi 6 ta tamoyilni ishlab chiqqan. Uning taʼlimoti Turkiyada otaturkchilik, Gʻarbda esa kamolizm deb baholangan. Turkiya Respublikasida islom dinining taʼsiri kamaytirilib, uni Gʻarb namunasidagi dunyoviy davlatga aylan-tirish jarayoni boshlangan.

Otaturk turkiy xalqlar tarixi, siyosiy va harbiy mavzuga oid koʻplab nazariy asarlar muallifi. Toshkentdagi koʻchalardan biri Otaturk nomiga qoʻyilgan.

Ad.: Turk xalqining buyuk farzandi Ota-turk, T., 1998; Qosimov A., Turkiya, T., 1992.

Qahramon Rajabov, Temur Gʻiyosov.

OTAXOHOB Ochilxon (1926.7.4, Andi-jon viloyati Naynavo qishlogʻi) — xonanda, Oʻzbekiston xalq hofizi (1992). Ovozi mayin va silliq boʻlib, talqinlari oʻta nozikligi bilan ajralib turadi. Xonandalikni togʻalari Eshonboboxon, Koʻkxon va Afandixon hofizlardan oʻrgangan. 1959-y. dan Yan-giyoʻl teatrida ishlagan. Mumtoz ashulalar («Nasrulloyi», «Talqinchai Ushshoq», «Yolgʻiz», «Ehtiyoj», «Samarqand Ushshogʻi» va b.) aytish bilan birga aktyor sifatida IlhomYurak sirlari»), Tursunali («Oltin koʻl»), AskarArshin mol olon»), Haydar («Nurxon») kabi rollarni ham ijro etgan. 1978—86 y. lar Yunus Rajabiy no-midagi «Maqom» ansamblitsa ishladi. Uning repertuaridan Shashmaqom shoʻbalari, FargʻonaToshkent ma-qom yoʻllari («Moʻgʻulchai Ushshoq», «Bayot III», «Bayot Uforisi» va b.), oʻzbek mumtoz ashulalari («Figʻon», «Sharob» kabi), zamonaviy bastakorlar asarlari («Bir kulib qoʻy», «Kutarman», «Vafo»), katta ashulalar («Bir kelsun», «Doʻstlar», «Koʻp erdi», «Adashganman», «Ey, dilbari jononim») oʻrin olgan. OTAXOHOB Ergash Isaboyevich (1914.11.9, Namangan – 1967.18.11, Toshkent) — terapevt olim, Oʻzbekiston FA muxbir aʼzosi (1960), Oʻzbekis-tonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1964). Tibbiyot fanlari dri (1947), prof. (1947). ToshTI ni tugatgach (1936), Harbiy-Dengiz flotida xizmat qilgan (1937—39). ToshTI gospital terapiya kafedrasida aspirant, assistent, dotsent, mudir (1939—49), Oʻzbekiston Gematologiya va qon quyish i. t. institu-tining direktori (1942—44), ToshTIda ilmiy ishlar boʻyicha prorektor (1949—51), pediatriya va sanitariya-gigiyena f-tlari ichki kasalliklar pro-pedevtikasi kafedrasi mudiri (1951 — 1967). Ilmiy ishlari oʻlka patologiya-si, ovqat hazm qilish aʼzolari va qon kasalliklariga oid. Namangan tibbiyot bilim yurtiga Otaturk nomi berilgan.

As: Xronicheskiye zabolevaniya kishechnika, T., 1965; Serdechno-sosudistыye zabolevaniya i ix preduprejdeniya, T., 1970.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x