OSSUARIY

OSSUARIY, ostadon (lot. os — suyak) — zardushtiylik diniga mansub xalklarda marhumning suyagi solingan sopol, tosh yoki ganch idish, suyakdon. Zardushtiylarda oʻlikni yerga dafn etish man etilgan. Bunda ular «Ona yer mukaddas, u barcha jonzotning boquvchisi, tuproqning tarkibini buzmaslik kerak», degan aqidaga rioya qilishgan. Shuning uchun ham xar bir qish-loq, tuman, shaxarda, togʻ yon bagʻri yoki baland tepalikda maxsus supalar yasab, oʻlikni oʻsha yerga eltib barahna (yalangʻoch) tarzda qoʻyishgan. Oʻlimtikxoʻr hayvon va parrandalar murda goʻshtlarini yeb ketgach, suyaklarini yigʻishtirib olib, alohida joyda asrashgan. Baʼzi qavmlarda oʻlik kuydirilib, kuli yigʻishtirilib, eʼzozlab asralgan. Jamoada ajdodlar ruhini avaylab, ana shu suyaklarning baʼzi qismini, kulni saqlash maqsadida qopqokli xumga oʻxshatib Ossuariy — suyakdonlar yasashgan. Olar loydan kulollar tomonidan kesma naqshli tarzda yasalib, maxsus xumdonlarda pishirilgan. Ular turli hajmda boʻlgan. Bosh suyaklar saqlanadigan Ossuariy larning qopqogʻi tutqichiga marhum kallasining tasviri tushirilgan. Ossuariy oʻta mukammal ishlangan.

Oʻrta Osiyo xalqlarida Ossuariyga solib koʻmish odati mil. av. 1-ming yillikning 1-yarmida shakllanib, mil. 8-a. ga-cha (islomiy dafn rusumlari qabul qilinguncha) davom etgan. Xorazmdan topilgan qad. Ossuariy haykallar shaklida boʻlib, oʻliklarni ilohiylashtirishni ifodalagan. Oʻrta Osiyo, Eron, Falas-tin, Misr va b. joylardan koʻplab Ossuariylar topilgan boʻlib, ular yerga yoki novuslarda saqlangan. Zardushtiylik dini uzil-kesil shakllangach, bu udum barham topgan. Zeroki murdani kuydirish havoni bulgʻasa, oʻlik goʻshtini yegan darranda yoki qushlar daryo, ariq va hovuzlardan suv ichib, har xil yuqumli kasalliklarning vujudga kelishiga sabab boʻla boshlaydi. Bundan tashqari, otash (olov) mazdoparastlarda mu-qaddas sanalib, pokiza odamni kuy-dirmasligi kerak. Natijada ushbu din ulamolari atrof-muhit, suvning tozaligi, naslning asl boʻlishini koʻzlab, oʻlikni kafanga oʻrab, maʼlum chuqurlikka koʻmish, zaxkash mavzelarda esa, sagʻanalarda saqlashni joriy qilganlar; maxsus murdashuy gigiyenasi ishlab chiqilgan. Ossuariylar eng koʻhna udumlarni oʻrganishga, ajdodlar amaliy sanʼatining nozik qirralarini aniklashga koʻmaklashadi.

Hamidjon Homidov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x