OSHANIN Vasiliy Fedorovich

OSHANIN Vasiliy Fedorovich [1844.21.12(1845.2.1), Lipesk viloyati Dankov tumani — 1917.25.1(7.2), Petrograd] — rus entomologi va sayyohi. Moskva un-tini tugatgan. 1872—1906-y. larda Turkistonda ishlagan. 1878-y. Pomirga ekspeditsiya uyushtirib, Fedchenko muzligini kashf etgan. Asosiy ilmiy ishlari Oʻrta Osiyo va Rossiyaning Yevropa qismi oʻrta mintaqasi yarim qanotli va teng qanotli hasharotlarini oʻrganishga bagʻishlangan. Yangi turlarni kashf qilgan, 5 mingdan koʻproq turlarning sistematik va geografik katalogini tuzgan.

As: Zoogeograficheskiye zadachi v Turkestane, T., 1880; Zoogeograficheskiy xarakter faunы polujestkokrыlыx Turkestana, SPB, 1891; Ukazatel literaturы pri opredelenii faunы polujestkokrыlыx, T., 1916.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x