ORLOV Mixail Aleksandrovich (1888, Moskva – 1972.4.5, Toshkent) — tuproqshunos olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1944), prof. (1949). Moskva un-tini tugatgan (1912). Oʻrta Osiyo un-ti tuprok,-shunoslik kafedrasi dotsenti (1920 — 35), mudiri (1935—62). Orlov rahbarligida va ishtirokida Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari, Qoraqalpogʻiston va Pomirning tabiiy sharoiti, tuproqlari oʻrganil-gan, 200 dan ortiq xoʻjalikning tuproq xaritasi tuzilib, i. ch. ga tatbiq etilgan. O. Oʻrta Osiyodagi qadimdan sugʻorib kelinayotgan voha madaniy tuproq xususiyatlarini oʻrganib, ularning birinchi tasnifini ishlab chiqqan.
As: O pochvax Pamira, T., 1937; O serozemax i oazisno-kulturnыx pochvax, T., 1937; Novыye osnovы pochvennoy klassifikatsii, T., 1947.