OQSHOH

OQSHOH (? – 1221) – Muhammad Xorazmshohning oʻgʻli. Xorazmshoh oʻlimi oldidan Oqshoh va boshqa oʻgʻli Oʻmoqshohak chaqirib taxtni Jaloliddin Manguberdiga berajagini bildirgan. Akaukalar Gur-ganjni mudofaa etish uchun kelishgan. Sobiq valiaxd Oʻzloqshoh tarafdorlari Jaloliddinni tan olmaganlar. Jaloliddin Gurganjni tashlab ketishga maj-bur boʻlgan. 3 kundan soʻng moʻgʻullarning yaqinlashib kelayotganini eshitgan Oʻzloqshoh va Oqshohlar ham shaharni tark etganlar. Moʻgʻullar ularni taʼqib etib, Habushon viloyatidagi Vashta qishlogʻida ularga yetib olganlar. Avvaliga shahzodalar moʻgʻullarning bir toʻdasini yengishgan, gʻalabadan kibrlanib, xavf-xatardan ogoh boʻlmay turganlarida moʻgʻullar ularni qurshab olib, askarlari bilan cho-pib tashlagan. Moʻgʻullar Oqshoh va Oʻzloqshohning kallalarini nayzaga ilib mamlakat boʻylab koʻtarib yurishgan.

Juvayniining yozishicha, Uzloqshoh va Oqshoh moʻgʻullar tomonidan asir olinib, 2 kundan soʻng qatl etilgan. Rashiduddinga koʻra, moʻgʻullar ularni shahzoda ekanliklaridan bexabar boshqalar qatori chopib tashlaganlar.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x