O‘qituvchiga malaka toifasini berish, ularni attestatsiyadan o‘tkazish yil davomida amalga oshiriladi

O‘qituvchiga malaka toifasini berish, ularni attestatsiyadan o‘tkazish yil davomida amalga oshiriladi
Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo’lish

Joriy yilning 25 yanvar kuni Prezidentimiz tomonidan imzolangan “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror pedagog xodimlarning malakasini oshirishda yangi imkoniyatlar eshigini ochdi.

Qarorga muvofiq, endi o‘qituvchilar malakasini oshirishda tabaqalashgan dasturlar asosida o‘qitish tizimi joriy etiladi. Bunda xodimlar malaka darajasi, bilimi, ilmiy-pedagogik salohiyati, psixologik tayyorgarligi, ish tajribasiga qarab tabaqalashgan holda o‘qitiladi.
Xo‘sh, xodimlar salohiyatini oshirishda bu tizim nima beradi? Malaka oshirishda tabaqalishtirishning afzalligi shundaki, ish tajribasi va malakasi yuksak xodim bilan endigina sohaga kirib kelayotgan xodim bir dasturni tengma-teng o‘zlashtirolmasligi mumkin. Tajribali xodim uchun ba’zi darslar zerikarli tuyulishi tabiiy. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, tabaqalashgan ta’lim tizimi xalq ta’limi muassasalari har bir xodimining malakasini oshirishda foyda beradi.
Shuningdek, an’anaviy malaka oshirish jarayonida kasbiy o‘qitishning uyg‘unlashgan, ish jarayoni bilan birgalikda olib boriladigan, masofaviy turlari ham joriy etiladi. Ya’ni, har bir xodim uchun amaliyot va nazariyani birgalikda olib borish, vaqtini, ta’bir joiz bo‘lsa, naqdini tejash imkoniyatini yaratadi.
O‘qituvchilarga malaka toifasini berish va saqlab qolish, ularni attestatsiyadan o‘tkazish masalalari yil davomida amalga oshiriladi.
Ilgari xalq ta’limi muassasalari xodimlari 5 yilda bir marotaba malaka oshirgan bo‘lsa, endi ular qarorda belgilangan talablarga ko‘ra, uzluksiz tarzda malakasini oshirib boradi. Qolaversa, “Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasi orqali xodimlarning individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasi tuziladi. O‘qituvchilarning elektron portfoliyasi shakllantirilib, ularga kasbiy rivojlanish trayektoriyasi, natijalari va o‘zlashtirgan o‘quv dasturlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritib boriladi.
A’lamjon Ibragimov,
Samarqand viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning  malakasini oshirish hududiy markazi direktori.

Manba: Zarnews.uz

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do’stlaringizga ma’lum qiling:

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x