ONGSIZLIK

ONGSIZLIK (psixologiyada) — ong ishtirokisiz sodir boʻladigan ruhiy jarayon va holatlar. Ongsizlik, koʻpincha, badan harakatida, xotira, xayolda na-moyon boʻladi. Real mavjud, lekin sezilmaydigan qoʻzgʻatgichlar vujudga keltiradigan javob taʼsirotlarida, asli ongli paydo boʻlib, takrorlanishi natijasida avtomatlashib ketgan harakatlarda va b. holatlarda roʻy beradi. Mac, odam oʻz oʻyxayollariga choʻmgan holda uyiga qaytadi va har holda yoʻldan adashmasdan keladi. Agar u biror xavfni sezib qolsa, bu xavfning sababi va qandayligini hali anglamasdan turib ham, himoya harakatini qiladi. Bemor psixikasida vujudga keladigan alahlash, gallyutsinatsiya kabi patologik hodisalar, uxlash, gipnoz vaqtida, lunatizm va sh. k. chogʻida yuz beradigan psixik faoliyat ham Ongsizlik holatiga kiradi. 3. Freyd O. ni sof irratsionalis-tik tarzda talqin etadi. Uning fikricha, ong bilan Ongsizlik oʻrtasida murosasiz qarama-qarshilik bor. Insonning bu-tun xattiharakati ana shu qarama-qarshilik bilan belgilanadi. Ongsizlikni odam anglashga va payqashga jurʼat etolmaydi, u insondagi azaliy mayllar maskanidir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x