OBRAZSOV Sergey Vladimirovich

OBRAZSOV Sergey Vladimirovich [1901.22.6(5.7) – Moskva – 1992] – qoʻgʻirchoq teatri aktyori va rej. 1920-y. dan estradada parodiyachi aktyor (qoʻgʻirchoklar b-n) boʻlib ishlagan. 1931-y. dan Moskva markaziy qoʻgʻirchoq te-atrini boshqargan, teatr nazariyasi va uslubiyatini ishlab chiqqan, aktyor va rej. lar tayyorlagan, repertuarini bo-yitgan. «Alovuddin chirogʻi», «Antiqa konsert», «Mister Tvister», «Markaziy qoʻgʻirchoq teatri gapiradi va koʻrsatadi», «Shoʻrtan baliq amri bilan» kabi spektakllarni sahnalashtirgan. Kinoda ham ssenariychi, ham rej. sifatida «Kinokamera ayblaydi», «Aklga sigʻmas haqiqat», «Kichik doʻstlarimiz», «Kimga ham kerak, bu Vaska» singari filmlarni ekranga chiqardi. Obrazsov oʻz teatri bilan 1971-y. Oʻzbekistonda gastrolda boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x