NUSXA KOʻCHIRISH QURILMASI

NUSXA KOʻCHIRISH QURILMASI — 1) matnlarning asl nusxalari (originallar) dan nusxa (nusxalar) olinadigan qurilma. Eng keng tarqalganlari foto, yoruglik, ksero (elektr-foto), termo… va elektron N. k. q. Bularning yordamida har xil oʻlchamli bir va bir necha nusxani koʻchirish mumkin; 2) mashinasozlikda — metall kesish stanogining keskichi yoki zagotovka harakatini avtomatik boshqarib turadigan qurilma. Unda ishlanadigan buyumning shakli andaza, model, etalon yoki chizma yordamida berilgan buyum shakliga oʻxshab chiqadi. Nusxa koʻchirish kallagi, keskich oʻrnatiladigan kallak, ijro mexanizmidan iborat. Ijro me-xanizmi b-n keskich orasidagi aloqa mexanik, elektr, gidravlik va b. usullar bilan amalga oshiriladi;

3) mat-baada — bosma qoliplarni fotomexanik usulda tayyorlaydigan jihoz turi;

4) kinotexnikada — tas-vir negativ» va fonogramma negatividan kinoplyonkaga pozitiv nusxa koʻchiradigan qurilma.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x