NURMUHAMEDOV Rahim Muhamedovich

NURMUHAMEDOV Rahim Muhamedovich (1925.26.4, Yangiyoʻl) — xirurg va gerontolog olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1975), tibbiyot fanlari d-ri (1969), prof. (1970). 2-jahon urushi qatnashchisi. ToshTIni tugatgach (1954), shu in-t xirurgiya kafedrasining klinik ordinatori (195457), assistenta (1957-58), do-senti (1958—69), pediatriya f-ti (1969—72), 1972-y. dan davolash f-ti umumiy xirurgiya kafedrasi mudiri, oʻquv ishlari boʻyicha prorektor (1971 — 81), Andijon tibbiyot in-ti rektori (1981—89). N. Oʻzbekistonda gerontologiya xizmati tashkilotchisi va raisi. Ilmiy faoliyati yara kasalligi, ji-gar, oʻt pufagi, churra kasalligi, turli shikastlanishlar, xususan, bosh miya shikastlari, peritonit, ichakdan toʻsatdan hech narsa oʻtmay qolish holatlari, tomir patologiyasining xirurgiyaga xos jihatlarini oʻrganish va davolash, shuningdek, operatsiya jarayonida ogʻriqsizlantirish muammolariga oid.

As: Nekotorыye voprosы xirurgicheskogo lecheniya bolnыx pojilogo i starcheskogo vozrasta, T., 1973.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x