NOSIR

NOSIR — abbosiylardan boʻlgan xalifa (1180—1225). Nosir davrida xalifalik bilan saljuqiylar, xorazmshohlar oʻrtasidagi ziddiyat yanada avj oldi. Saljuqiy sultonlar Bagʻdodda xutba oʻqilayotgan vaqtda ularning ham nomi qoʻshib oʻqilishi lozimligini xalifalikdan katʼiy talab qilganlar. Nosir buni kati-yan rad etgan. Xorazmshoh Takash 1194-y. saljuqiylarni yenggach, ushbu talabni qoʻygan. Uning oʻgʻli Muhammad xorazmshoh ham otasi izidan borgan va 1217-y. qurol kuchi bilan Bagʻdodni olishga harakat etgan, birok, yurish muvaffaqiyatsiz tugagan. Jaloliddin Manguberdi ham Nosirga qarshi boʻlgan. Xalifa Nosir ningxalq orasida obroʻi past edi. Xalifa sultonlardan oʻzinigina emas, balki va-zirini ham izzat-ikrom qilishlarini talab etgan. Nosir musulmon olamida xususiy yer mulki yoʻq, chunki barcha yerlar «amiral moʻminin» (xalifa)ga tegishli deb eʼlon qilgan. Nosir oʻz raqiblari bilan kurashda har qanday vositadan qaytmagan, uning aygʻoqchilari hamma yerda izgʻib yurishardi, oʻzi esa kechalari kiyimini oʻzgartirib Bagʻdodni kezardi. U davlat xazinasi uchun yangidan-yangi soliqlar, toʻlovlar oʻylab topishga mohir edi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x