Norqobilov Normurod

Tarjimai hol

Normurod Norqobilov 1953 yil 7 iyulda Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanidagi, Qishliq qishlog‘ida tug‘ilgan. Normurod Norqobilov Hamid Olimjon nomidagi o‘rta maktabni 1970 yilda tugallagan. So‘ngra 1976-1982 yillarda Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetida o‘qigan.

Yozuvchi bo‘lmoq uchun hayotni o‘rganmoq kerak, degan shiorga amal qilib, zavod va fabrikalarda slesar, temir yo‘l depolarida vagon tuzatuvchi, stansiyalarda yuk tushiruvchi bo‘lib ishlagan va turli toifadagi kishilar bilan yaqin muloqotda bo‘lib, ularning xarakter xususiyatlarini, dunyoqarashlarini o‘rgangan.

Keyin u tabiat shaydosiga aylanib, O‘zbekistondagi ko‘pgina tog‘ va qirlarni, dala-dashtlarni qadamma-qadam kezib chiqqan. Oqibatda hayvonot dunyosiga oid bir qancha asarlari yuzaga keldi. «Changalzor iti», «Oqbo‘yin», «Tog‘ odami», «Paxmoq», «Ovul oralagan bo‘ri» kabi qissalari shular jumlasidan.

Normurod Norqobilovning asarlari o‘zbek, qozoq, qoraqalpoq, qirg‘iz tili darsliklariga kiritilgan, bir necha tillarga tarjima qilingan.

U «Shuhrat» medali bilan mukofotlangan.

Baxt nima? Tiriklik-chi? Tiriklikning tirgagi nima? Baxtsizlikning qanday shakl-shamoyillari bo‘ladi? Umuman olganda, baxtsizlikning rangi bormikan? Inson bolasi shu ikki qutb o‘rtasida sarson yashab, biridan ikkinchisiga intilarkan, hamisha o‘zligini izlaydi. O‘sha qidirgani mehr emasmikan, o‘zlik emasmikan? Bu kabi savollarga Normurod Norqobilovning asarlaridan javob topasiz. Shu paytgacha yozuvchi o‘ndan oshiq kitob chop ettirdi.

«Unutilgan qo‘shiq», «Zangori ko‘l», «Yuzma-yuz», «Temur g‘ori», «Paxmoq», «Arazchi chumchuq», «Sariqgul», «Jo‘shqin daryo», «Bekatdagi oq uycha» shular jumlasidan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x