NOINIY

NOINIY Bokiyayi (16-a. ning 2-yarmi — 17-a.) — oʻrtaosiyolik sozanda, shoir va musiqashunos. Oʻrta Osiyo va Shim. Hindistonda yashagan. Kavkabiy Buxo-riyning izdoshi. Fors tilida bitilgan sheʼriy devon, falsafiy risola va «Zamzamayi vaxdat» («Mushtarak navolari») musiqa risolasi Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-tida sakdana-di (inv. №10266/11, taxm. 1654). Risola debocha, muqaddima, 6 bob va xulosadan iborat. Unda musulmon Sharq madaniyatida rivoj topgan Oʻn ikki ma-qom tizimi (6 ovoza, 24 shoʻba, 48 goʻsha) va hind mumtoz musiqa parda tu-zilmalari (6 raga, 30 ragini va b.), musiqa janrlari (dubayt, peshrav, kor, amal, shuningdek, gita, xand, xayal, farsi va b.), maqom va ragalarning mazmun doirasi, ijro etish sharoitlari (muayyan vaqti) masalalari yori-tilgan. Mazkur risolada, ayniqsa, muallifning Oʻrta Osiyo va Shim. Xindiston mintaqalari musiqa anʼanalarining oʻzaro munosabatlari (yaqinligi) masalasiga eʼtibori ahamiyatlidir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x