NEOVITALIZM

NEOVITALIZM (neo… va vitalizm) — biol. dagi idealistik oqim, vitalizm shakllaridan biri. 19-a. ning 2-yarmida «eski» vitalizm oʻrnida paydo boʻlgan. Neovitalizmning asoschisi X. Drishning koʻrsatishicha, organizmning yaxlit va garmonik rivojlanishini materiyadan yuqori turadigan dinamik omil, yaʼni «entelexiya» belgilab beradi. Ota-ona uchun xos boʻlgan belgilarning nayelga oʻtishi va oliy nerv faoliyati ana shu entelexiya bilan bogʻliq. Moslashgashshkning nisbiyligi toʻgʻrisidagi Ch. Darvin taʼlimotiga qarama-qarshi oʻlaroq, X. Drish moslashganlikni absolyutlashtiradi va uni entelexiya boshqarib turishini tan oladi. Neovitalizmning boshqa taraf-dorlari fikricha, fiziologik jarayonlar va organizmlar rivojlanishining asosini «dominanta», «hayot energiyasi», «kuch maydoni» kabi moddiy boʻlmagan «tashkillashtiruvchi» omillar tashkil etadi. Pirovardida Neovitalizm teologiya bilan yaqinlashib, biol. fanining rivojlanishiga moneʼlik qiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x