Navruz Ahmad-xon

Tarjimai hol

Navruz Ahmadxon — Buxoro xoni Shayboniylar sulolasining o‘zbek xoni. 1552-1556 yillarda hukmdorlik qilgan.

Mirzo Ulug‘bekning qizi Robiya Sultonning nabirasi, shayboniy Suyunchxo‘jaxonning ikkinchi o‘g‘li Navruz Ahmadxon tarixda Baroqxon nomi bilan ham mashhur. Uning tarbiyasi bilan shoir Vasifiy shug‘ullangan.

Navruz Ahmadxonning akasi ham bo‘lgan — Keldimuhammadxon.

Dastlab Navruz Ahmadxon Shayboniylarning Toshkent vohalarini boshqargan.

XVI asrning o‘rtasida Shayboniylar davlatida bir qancha o‘lkalar mavjud bo‘lgan: biri Abdulatifxon boshqargan Samarqand bo‘lsa, ikkinchisi esa Ubaydulla o‘g‘li Abdulazizxon Buxoroni boshqargan. Abdulazizxonning vafotidan so‘ng, 1551 yilda Navruz Ahmadxon Samarqandni bosib oldi va Shayboniylarning oliy hukmdoriga aylandi. U bosh o‘zbek xoni deb e’lon qilingan.

Navruz Ahmadxon aholi qiziqishlarini kuzatgan holda yangi ekin maydonlarini sug‘orish ishlari tashkillashtirgan, mamlakatda iqtisodiy reforumlarni amalga oshirishga uringan.

Navruz Ahmadxonning sakkizta o‘g‘li bo‘lgan: Darveshsulton, Jalolsulton, Boboxon, Aminsulton, Dustumsulton, Qosimsulton, Xorazmshoh-sulton, Tohirsulton.

Navruz Ahmadxon Toshkentdagi otasi maqbarasiga uning nomi bilan atalgan madrasa qurdirdi.

Navruz Ahmadxon ba’zi manbaalarga ko‘ra 10 sentyabr 1556 yilda, ba’zilarida 23 noyabr 1556 yil Samarqandda vafot etgan va shahardagi sufiylik oqimi yetakchisi Xo‘ja Ahror Naqshbandiy qabrining yonida dafn etilgan. Undan so‘ng Shayboniylar davlatining bosh hukmdorligi Pirmuhammadxon qo‘liga o‘tgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x