NAGALEND

NAGALEND — Hindistonning shim.-sharqiy qismidagi shtat. Myanma bilan chegaradosh. Maʼmuriy markazi — Koxima sh. Mayd. 16,5 ming km2. Aholisi 1,9 mln. kishi (2001). Nagalend 1963-y. da Assom shtatining nagalar yashaydigan qismlaridan tuzilgan. Aholisining 67% xristian diniga eʼtiqod qiladi. N. Assom—Myanma toglarida (eng baland joyi 3824 m, Patkay togʻi) joylashgan. Iklimi subekvatorial, mussonli iklim. 1000 m balandlikkacha doim yashil tropik va mussonli oʻrmonlar, undan yuqorisi igna bargli oʻrmonlar bilan qrplangan. Togʻ tepalari yaylovlardan iborat.

Nagalend — agrar shtat. Xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — deqqonchilik. Aholining 85% q. x. da band. Togʻlar oraligʻidagi tor vodiylarda sholi ekiladi, shuningdek, bugʻdoy, makkajoʻxori va dukkaklilar ham yetishtiriladi. Oʻrmon xoʻjaligi rivojlangan. Oziq-ovqat (qand-shakar) sanoati korxonalari, qogʻoz, faner, sement z-dlari, GES ishlab turibdi. AES qurilmoqda. Hunarmandchilikda gazlama toʻqiladi. Koxima va Lumani sh. larida un-t bor. Yuk va yoʻlovchilar t. y. va havo yoʻllari orqali tashiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x