MUZQAYMOQ

MUZQAYMOQ, morojenoye — tuxumqaymoq yoki turli mevalardan tay-yorlanadigan yaxna shirinlik. Muzqaymoq uchun dastlab asosiy masalliq birikmasini tayyorlash va birikmani muzlatish jarayoni talab etiladi. Qaymoqli Muzqaymoq uchun tuxum yoki tuxum sarigʻi shakar b-n qorishtirib iylanadi, shakari erigach, issiq sut quyiladi va chil-choʻp bilan betoʻxtov aylantirib turiladi. Idishda yaxshi aralashgan quyuq massa hosil boʻladi. Unga vanilin qoʻshiladi, soʻngra qolip idishlarga quyilib, sovitib, muzlatiladi. 1 kg Muzqaymoq olish uchun masalliqlar (g hisobida): sut 600, qaymoq 75, shakar 250, vanilin 0,1, tuxum 3 dona. Mevali Muzqaymoq uchun meva kaynatib pishiriladi, soʻngra sim elakdan oʻtkazilib, pyure tayyorlanadi. Qaynoq suvda shakar eritiladi. Masalliklar sovigach, pyure bilan qiyom aralashtiriladi va qoliplarga solib muzlatiladi. 1 kg Muzqaymoq uchun 200 g meva (qulupnay, mandarin va b.), 325 g shakar, 1 g limon kislotasi kerak boʻladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x