MUZAFFAROV Ahror Muzaffarovich

MUZAFFAROV Ahror Muzaffarovich (1909.1.9, Chimkent sh. – J987.22.5, Toshkent) — biolog olim. Oʻzbekiston FA akad. (1960), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1969), biol. fanlari d-ri (1952), prof. (1955). Toshkent bilim yurtini tugatgan (1929). Fargʻona pedagogika in-ti dotsenti (1944-y. dan), Margʻilon oʻqituvchilar in-ti direktorining oʻquv va ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari (1945-y. dan), Oʻzbekiston FA Botanika va zoologiya in-tida katta ilmiy xodim (1946—48), ixtiologiya va gidrobiologiya boʻlimi boshligi (1949—50), Oʻzbekiston FA Botanika in-ti sporali oʻsimliklar lab. mudiri (1950—56), direktori (1956—60). ToshDU biol. va tuproqshu-noslik f-ti tuban oʻsimliklar kafedrasi mudiri (1955—62), Oʻzbekiston FA Prezidiumi aʼzosi va biol. boʻlimi boshligʻi (1960—70), FA mikrobiologiya boʻlimi boshligʻi (1970 — 77), 1985-y. dan FA Prezidiumi biol. fanlari boʻlimining akad. kotibi. Muzaffarov Oʻrta Osiyo togʻlaridagi suv havzalarining suvoʻtlar florasini, birinchi marta suvoʻtlarning tarqalish qo-nuniyatlarini oʻrgandi. Suvoʻtlarni sunʼiy yoʻl bilan koʻpaytirib, ulardan xalq xoʻjaligining turli tarmoqlarida foydalanish mumkinligini isbotlab berdi. Shogirdlari bilan suv oʻsimliklaridan ifloslangan suvlarni biologik usulda tozalash, atmosfera azotini toʻplovchi koʻk-yashil suvoʻtlardan paxtachilik, gʻallachilik va sholikorliqda foydalanish yoʻllarini ishlab chiqdi. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1979).

As: Flora vodorosley gornыx vodoyomov Sredney Azii, T., 1958; Flora vodoyomov Sredney Azii, T., 1965; Xlorella, T., 1974 (hamkorlikda).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x