MUTALLIBOV

MUTALLIBOV Solih (1900, 19. 3 – Toshkent — 1979.18.3) — tilshunos olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1971). Boshlangʻich taʼlimni eski maktabda olgan, soʻng madrasada oʻqigan (1912—16). Oʻqituvchilar kursini (1918) tamomlab, internat, maktablarda dare bergan. Samarqand Ped. akademiyasida oʻqigan (1928—31). Tosh-kentda 3xotinqizlar bilim yurtida oʻqituvchi (1932—34). Ped. ilmiy tadqiqot in-tida xodim (1934-36). Oʻzbekiston FA Til va adabiyot in-tida ilmiy xodim (1938—78). «11 – asr yodgorliklarida feʼl kategoriyasi» (1955), «Morfologiya va leksika tarixidan qisqacha ocherk» (1959), «Alisher Navoiyning aforizmlari» (1940; 1968) kabi ilmiy asarlar muallifi. M. Mahmud Koshgʻariyning «Devonu luyutit turk» («Turkiy soʻzlar devoni») asarini oʻzbek tiliga tarjima qilib nashr ettirgan (3 j. li, 1960—63). Ilmiy faoliyati Mahmud Koshgʻariyning «Devonu lugʻotit turk» asarining oʻzbek tiliga tarjimasi talqini va tadqiqotiga bagʻishlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x