Mutafakkirlar. Abu Lays Samarqandiy (911–985)


Post Views:
820

Abu Lays kunyasi bilan mashhur bo‘lgan Nasr ibn Muhammad ibn Ahmad Samarqandiy 911 yilda Samarqandda tug‘ilgan, shu yerda shayxulislomlik qilgan. Zamonasining yetuk fiqh va tafsir olimi, fozil va nufuzli kishisi bo‘lgan. Asarlaridan quyidagilarini ko‘rsatish mumkin:

1. “Tafsir al-Qur’on”. To‘rt jildi bo‘lib, eng yaxshi tafsirlardan hisoblangan.

2. “Xizonat al-fiqh” (“Fiqh xazinalari”). Bu asarda hanafiy mazhabi aqidalari asosida musulmon qonunshunosligi (fiqh)ning qisqacha ta’rifi berilgan. Uning 1467 va 1814 yilda ko‘chirilgan ikki qo‘lyozmasi O‘zR FA Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda.

3. “An-Navozil” (Nozil bo‘lganlar). Bu fatvolar haqidagi kitobdir.

4. “Kitob muxtalif ar-rivoyat” (Turli rivoyatlar haqida kitob).

5. “Bo‘ston al-orifin” (Oriflar bo‘stoni). Bu axloq va tarbiyaga oid muhim asar. Unda ta’lim-tarbiyaga oid ko‘p rivoyatlar, tarixiy voqyealar, hikoyalar va hadislar keltirilgan. Asar 159 bobdan iborat bo‘lib, uning ilm o‘rganish, salom berish, aql haqida aytilgan narsalar, ovqat yeyish qoidalari, ichimliklar, tabobat, ilm va adab fazilatlari kabi boblar, ayniqsa, diqqatga sazovordir.

6. “Tanbeh al-g‘ofilin” (G‘ofillarga tanbeh). Asar 94 bobdan iborat bo‘lib, otaonaning bola oldidagi huquqlari, bolaning ota-ona oldidagi huquqlari, sharob ichishdan qaytarish, yolg‘on so‘zlashdan qaytarish, hasad, yetimlarga xayru saxovat, rahm-shafqatli bo‘lish, kasbning fazilatlari kabi boblari nihoyatda katta ahamiyatga egadir. “Tanbeh alg‘ofilin”ning Buxoro amiri Haydar (1800–1826) topshirig‘i bilan 1873 yil ko‘chirilgan qo‘lyozmalari O‘zR FA Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda.

100 MARKAZIY OSIYO MUTAFAKKIRLARI

© O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi
© Toshkent islom universiteti
© «YANGI NASHR», 2011

https://shosh.uz/uz/mutafakkirlar-abu-lays-samarqandiy-911-985-2/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x