MUSSOLINI

MUSSOLINI (Mussolini) Benito (1883.29.7, Forli – 1945.28.4, Dongo yaqini) — Italiyaning fashist diktatori (1922—43). Siyosiy yoʻlini Sotsi-alistik partiya safida boshlagan, bu partiyadan 1914-y. oʻchirilgan. 1919-y. fashistlar partiyasiga asos soldi va uning rahbari (duche) boʻldi. «Rimga yurish»ni uyushtirib, hokimiyatni qoʻlga oldi (1922). Mussolini hukumati mamlakatda terrorchi rejimni joriy qildi, bosqinchilikdan iborat tashqi siyosat olib bordi (1935-y. Habashistonni, 1939-y. Albaniyani va b. ni bosib oldi), Germaniya bilan birgalikda 2ja-hon urushini ochdi. 1945-y. Italiya partizanlari tomonidan qoʻlga olindi va qatl etildi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x