MUSORGSKIY Modest Petrovich

MUSORGSKIY Modest Petrovich [1839.9(21).3, Pskov viloyati, Karevo qishlogʻi — 1881.16(28).3, Peterburg] — rus kompozitori. «Qudratli tuda» guruhi aʼzosi. Ijodiy izlanishlari markazida opera janri turadi. «Boris Godunov» (1869) va «Xovanshchina» (N. Rimskiy – Korsakov tomonidan yozib tugallangan) opera («xalq musiqali drama»)lari rus re-alistik musiqasining durdonalariga aylangan. Mazkur asarlarida Musorgskiy xalq hayoti, orzu-umidlarini haqqoniy aks ettirib, xalq, ayniqsa, ogʻzaki nutq ohanglaridan ijodiy foydalangan. Kishilarning jonli obrazlarini kichik dramatik sahna tarzida yaratgan romanslarida tasvirlar ekan, hayotning ziddiyatli ijtimoiy mavzulariga murojaat etgan («Kallis-trat», «Yetimcha», «Rayok» va b.). «Sorochinsk yarmarkasi» operasi, «Koʻrgazmadagi rasmlar» fortepiano turkumi, «Oftobsiz», «Ajal qoʻshiq va raqslari», «Bolalik» vokal turkumlari ma-shhur. Oʻzbekistonda «Boris Godunov» operasi, ayrim simfonik va kamer (cho-lgʻu, vokal) asarlari muntazam ijro etilmoqda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x